Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qanday toifadagi ayollarga arzon uy-joylar beriladi?
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2-fevraldagi “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» ( PF-5325-sonli) nomli Farmonida yordamga muhtoj bo‘lgan va og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimi mavjud emasligini inobatga olgan holatda ko‘shimcha chora-tadbirlar ishlab chiqilishi belgilangan edi. 2018 yil 12 aprel Vazirlar Mahkamasining 285-sonli “Og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, nogironligi bo‘lgan, kam ta'minlangan, farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalarga arzon uy-joylar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Qarorida o‘z aksini topdi. Qarorga keladigan bo‘lsak, yordamga muhtoj ayollarga arzon uy-joylar berish tartibini belgilovchi Nizom tasdiqlandi.
Qonundagi eng muhim tushunchalarga qanday izoh berilgan?
Arzon uy-joylar deganda, dasturlar doirasida qo‘shimcha muhandislik va ijtimoiy infratuzilma bilan kompleks holda qurilgan ko‘p qavatli ko‘p xonadonli (2 va 3 xonali) va maydoni 0,02 gektar bo‘lgan yer uchastkalarida joylashtiriladigan bir qavatli (2 va 3 xonali) uylarga aytiladi.
Kam ta'minlangan oila tushunchasiga quyidagicha izoh berilgan: “Oylik jami daromadi har bir oila a'zosiga belgilangan eng kam oylik ish haqining 3 baravari miqdorigacha to‘g‘ri keladigan oila.”
Uy-joyga muhtoj xotin-qizlar: og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlar, nogironligi bo‘lgan, kam ta'minlangan, farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashgan muhtoj onalar.
Injiniring kompaniyalari dasturlar doirasida arzon uy-joy qurish uchun uy quruvchi bilan tuzilgan shartnoma bo‘yicha buyurtmachi funksiyasini bajaruvchi “Qishloq qurilish invest” va “ O‘zshahar qurilish invest” injiniring kompaniyalari hisoblanadi.
Hujjatlar qanday tartibda qabul qilinadi?
Qarorga asosan har bir joyda hududiy komissiyalar faoliyat ko‘rsatadi. Ariza beruvchi talabgor sifatida yozma tavsiyani olish uchun Komissiya raisiga so‘rovnoma-ariza va hujjatlarni taqdim etadi. Arizaning nusxasiga qabul qilingan sana to‘g‘risida belgi qo‘yilib, tilxat bilan arizachiga topshiriladi. Hujjatlar tegishli tartibda 15 kun muddatda ko‘rib chiqiladi.
Komissiya tomonidan arizani ko‘rib chiqishda, uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni aniqlash quyidagi ijtimoiy mezonlar asosida amalga oshiriladi:
a) ariza beruvchida mulk huquqi bilan turar joyning yo‘qligi va turar joyda ijara shartlarida yoki yashash uchun yaroqsiz turar joyda yashashi;
b) boshqa oila(oilalar) bilan bir uyda (bir xonadonda) yashashi;
v) ko‘pbolalilik ( uch va undan ortiq);
g) ariza beruvchi oilasining daromadi;
d) ijtimoiy xususiyatga ko‘ra alohida xonada yashashi kerak bo‘lgan (sil, teri-tanosil kasalliklarining og‘ir ko‘rinishi, qandli diabetning yiringli yallig‘lanishi, psoriaz) bemor ayollar ( tuman birlashmasining xulosasi va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi ma'lumotnomasi asosida);
ye) ariza beruvchining oila a'zolari orasida birinchi guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarning mavjudligi;
j) uy-joy maydonining qonun hujjatlarida nazarda tutilgan (bir shaxs uchun umumiy uy-joy maydoni 16 kv.metrdan kam bo‘lmagan, kursi-kolyaskadagi nogironlar uchun 23 kv.metrdan kam bo‘lmagan) uy-joy maydonining ijtimoiy normasiga muvofiq emasligi.
z) birinchi guruh nogironligi bo‘lgan yolg‘iz ayollar;
i) yolg‘iz o‘zi Nizomda nazarda tutilgan og‘ir nogironlikka olib keluvchi kasallikka chalingan bola parvarishlayotgan ayollar (tuman (shahar) xotin-qizlar qo‘mitasi ma'lumotnomasi va tibbiyot birlashmasi xulosasi asosida).
k) kam ta'minlangan oilada yolg‘iz o‘zi ikki va undan ortiq voyaga yetmagan farzandlarini tarbiyalayotgan ayollar (fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi ma'lumotnomasi asosida).
Tavsiya olgan shaxs yakuniy bosqichda nima qilishi kerak?
Yozma tavsiyani qo‘lga kiritgan shaxs ipoteka krediti olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Injiniring qompaniyasining filiali bilan dastlabki shartnomalarni tuzgan talabgorlar ishtirok etuvchi tijorat bankining tegishli filialiga ipoteka krediti berish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qiladilar.
Ipoteka berish tartibi tegishli hujjatlar taqdim etilganda amalga oshiriladi. Shu bilan birgalikda talabgor kam ta'minlangan, doimiy daromadga ega bo‘lmagan va kreditga layoqati yetarli bo‘lmagan taqdirda, u ishlayotgan tashkilot, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashi, “Mahalla” xayriya jamoat fondining mablag‘lari hamda qonun taqiqlamagan boshqa manbalar hisobiga ipoteka olishi amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
14:49 / 02.04.2026
Gulistonda ko‘p qavatli uy qulash xavfi sabab unda yashovchilar evakuatsiya qilindi
23:16 / 03.03.2026
Umrbod qamoq jazosi pedofiliya jinoyatiga takroran qo‘l urgan shaxslarga taalluqli bo‘ladi
15:20 / 06.01.2026
Ajrimdan keyin erkak ayolni uy bilan ta’minlashi shartmi? Qonun tahlili
08:38 / 25.12.2025