Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Merkel Eron bilan yadroviy kelishuv bo‘yicha majburiyatlarini bajarishga va'da berdi
AQShning Eron bilan yadroviy kelishuvdan chiqishi afsuslanarli holdir, deb aytdi Germaniya kansleri Angela Merkel. “Biz kelishuv bo‘yicha majburiyatlarimizga sodiq qolamiz va Eron ham o‘z majburiyatlarini bajarishi uchun barcha sa'y-harakatlarni amalga oshiramiz”, deb aytgan Merkel. U kelishuvni kengaytirish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirgan.
AQSh prezidenti Donald Tramp 8 may kuni AQShning Eron bilan yadroviy kelishuvdan chiqishini va Eronga qarshi sanksiyalar kiritilishini e'lon qildi. Eron hukumati bunga javoban kelishuvdan chiqish bo‘yicha qaror qabul qilishdan avval bir necha hafta kutib turishini aytgan. Germaniya, Fransiya va Buyuk Britaniya yetakchilari ham kelishuvni qo‘llab-quvvatlashlarini aytishgan va u “umumiy xavfsizlik uchun muhim hisoblanishini” ta'kidlab o‘tishgan.
Mavzuga oid
20:23 / 27.06.2026
“Amerikaliklar tuzoqqa tushdi” - Eron elchisi
11:40 / 27.06.2026
46 ta davlat uchun terroristik tashkilot – Eron islom inqilobi muhofizlar korpusi qanday tuzilma?
09:18 / 27.06.2026
Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi hujumdan keyin AQSh Eronga zarba berdi
21:31 / 26.06.2026