Sport | 07:28 / 09.05.2018
2718
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent shahrida xotin-qizlar o‘rtasida velotur bo‘lib o‘tadi

Foto: Xotin-qizlar qo‘mitasi

2018 yil 12 may kuni Toshkent shahrida “15-may Xalqaro oila kuni” munosabati bilan “Sog‘lom oila – jamiyat boyligi” shiori ostida havaskor Xotin-qizlar o‘rtasida velotur bo‘lib o‘tadi. 

Veloturning qoidasiga ko‘ra musobaqada 18dan – 30 yoshgacha, 31 yoshdan – 44 yoshgacha, va 45 yoshdan yuqori ishtirokchilar qatnashadilar.

Ma'lumot uchun: velotur Toshkent shahar, Yashnobod tumanidagi “Korzinka Aviator” savdo majmuasidan “Mirzo Ulug‘bek” ko‘chasigacha, “Mirzo Ulug‘bek” ko‘chasidan “Taraqqiyot” ko‘chalari kesishgan joyidan “Korzinka Aviator” savdo majmuasigacha o‘tkazilishi belgilangan. 

Ishtirokchi havaskor xotin-qizlar musobaqaga o‘z velosipedlari bilan qatnashishlari lozim. Musobaqa ishtirokchilarini ro‘yxatdan o‘tkazilish soati 07:00dan 09:00gacha bo‘lib o‘tadi. Musobaqa 10:00da boshlanadi.

Tashkilotchilar bilan bog‘lanish uchun:

+99871- 244-03-80 O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi
+99871-237-47-44 O‘zbekiston velosiped sporti Federatsiyasi

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid