Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya AQShning Eron bilan yadroviy kelishuvdan chiqishiga munosabatini bildirdi
Turkiya tashqi ishlar vazirligi AQSh prezidenti Donald Trampning Tehron bilan yadroviy kelishuvdan chiqish qaroridan afsus bildirdi.
“AQShning yadroviy kelishuvdan chiqishini muvaffaqiyatsiz qadam deb hisoblaymiz”, deb aytilgan Turkiya vazirligi bayonotida.
Hujjatda ta'kidlanishicha, Turkiya Eron yadro muammosini diplomatik yo‘l bilan hal qilishni qo‘llab-quvvatlab kelgandi va bu yo‘nalishda ko‘plab sa'y-harakatlarni amalga oshirgandi.
Bayonotda aytilishicha, 2015 yilda qabul qilingan kelishuv yadroviy qurolni tarqatmaslik yo‘lidagi muhim qadam bo‘lgan.
“Xalqaro atom energiyasi agentligining (MAGATE) hisobotlari Eron tomonidan yadroviy kelishuv shartlari bajarilganini ko‘rsatgan. Shundan kelib chiqib, AQShning yadroviy kelishuvdan chiqishini muvaffaqiyatsiz qadam deb hisoblaymiz”, deb aytilgan vazirlikda.
Mavzuga oid
10:45 / 27.06.2026
Isroil va Livan AQSh vositachiligida kelishuv tuzdi
09:18 / 27.06.2026
Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi hujumdan keyin AQSh Eronga zarba berdi
21:31 / 26.06.2026
Tramp Eronni Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi sulhni buzganlikda aybladi
11:00 / 26.06.2026