23:00 / 10.05.2018
17780

Dunyoning eng qimmat futbol brendlari e'lon qilindi

Brand Finance agentligi o‘zining rasmiy saytida dunyoning eng qimmat futbol brendlarini e'lon qildi.

Unga ko‘ra, o‘tgan yilning eng qimmat brendi deb «Manchester Yunayted» jamoasi topilgan. Jamoa 1,895 mlrd dollarga baholangan. Ikkinchi o‘rinda Madridning «Real» klubi 1,573 mlrd dollar bilan borayotgan bo‘lsa, «Barselona» 1,418 mlrd bilan uchinchi o‘rinda. Kuchli 50 jamoa orasidan Rossiyaning «Zenit» klubi (49-o‘rin,  125 mln dollar) ham bor.

Quyida top-10 qimmat brendlar bilan tanishib olishingiz mumkin:

1. «Manchester Yunayted» – 1,895 mlrd dollar
2. «Real» – 1,573 mlrd dollar
3. «Barselona» – 1,418 dollar
4. «Bavariya» – 1,406 mlrd dollar
5. «Manchester Siti» – 1,331 mlrd dollar
6. «Liverpul» – 1,204 mlrd dollar
7. «Chelsi» – 1,195 mlrd dollar
8. «Arsenal» – 1,083 mlrd dollar
9. «Pari Sen-Jyermen» – 913 mln dollar
10. «Tottenhem» – 764 mln dollar

Top