Jahon | 11:58 / 10.05.2018
3804
1 daqiqa o‘qiladi

Indoneziyada turmadagi isyon vaqtida 5 politsiyachi halok bo‘ldi

Foto: Global Look Press

Indoneziya xavfsizlik xizmati mahbuslar isyon ko‘tarishi oqibatida 5 politsiyachi halok bo‘lgan turmada nazoratni qo‘lga olishdi. Isyonchilar taslim bo‘lishgan, deb xabar berdi Jakarta Post nashri.   

Terrorchilikda ayblanganlar saqlanuvchi turmadagi to‘qnashuvlar 8 mayning ikkinchi yarmida boshlanib, 10 may ertalabga kelibgina to‘xtatilgan. Xavfsizlik ishlari vazirining ma'lum qilishicha, aksariyat mahbuslar qarshilik ko‘rsatishmagan. 

“145 nafarga yaqin mahbus qarshiliksiz taslim bo‘lgan. 10 mahbus avval qarshilik ko‘rsatgan, biroq oxir-oqibat o‘zidan ancha ko‘proq kuch oldida taslim bo‘lgan”, deb aytgan vazir. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid