Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Parlamentda “Ekstremizmga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi muhokamaga qo‘yilmoqda
Foto: parliament.gov.uz
Shu kunlarda parlament quyi palatasining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasida “Ekstremizmga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ekspertlar va mutaxassislar ishtirokida birinchi o‘qishda kontseptual ko‘rib chiqish uchun tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Bu haqda quyi palata Axborot xizmati xabar bermoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 15 iyundagi “Shanxay hamkorlik tashkilotining ekstremizmga qarshi kurashish to‘g‘risidagi konvensiyasi ijrosini davom etish to‘g‘risida”gi farmoyishi ijrosini ta'minlash doirasida ishlab chiqilgan qonun loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining qonunchilik tashabbusi huquqi asosida Qonunchilik palatasiga kiritilgan.
Qonun loyihasida “ekstremistik faoliyat” (“ekstremizm”), “ekstremist”, “ekstremizmni moliyalashtirish”, “ekstremistik material” tushunchalariga aniq ta'rif berish, ekstremizmga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari va yo‘nalishlarini belgilash ko‘zda tutilmoqda, ekstremizmga qarshi kurashishni muvofiqlashtiruvchi va amalga oshiruvchi davlat organlari va ularning vakolatlari ifodalanayapti.
Ekstremistik materiallarning aylanishi, shuningdek, ekstremizmni moliyalashtirishga yo‘l qo‘ymaslik kabi masalalarga ham alohida e'tibor qaratilmoqda.
Mavzuga oid
19:07 / 13.01.2026
O‘zbekistonda sud qanchalik mustaqil va erkin? – faollar bilan suhbat
18:27 / 30.12.2025
Qozog‘istonda noan’anaviy jinsiy munosabatlar targ‘ibotini taqiqlovchi qonun imzolandi
10:20 / 26.12.2025
2026 yil uchun davlat budjeti to‘g‘risidagi qonun qabul qilindi
19:50 / 19.12.2025