Sport | 21:11 / 10.05.2018
26444
1 daqiqa o‘qiladi

Shahram G‘iyosov terma jamoada qancha «realchi» va qancha «barsachi» bo‘lganini aytdi

Boks bo‘yicha -66,68 kg vazn toifasida professional faoliyatini davom ettirayotgan Shahram G‘iyosov havaskor boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasining Rio-2016 olimpiadasi ishtirokchilari qaysi jamoalarga muxlislik qilganini aytib berdi.

«Rio olimpiadasiga borgan 10 kishi bilan juda ahil edik. Ular bilan birga ko‘p sarguzashtlarni boshdan o‘tkazganmiz. Qiziq tomoni, 10 nafar bokschidan 9 nafari «Real»ga muxlislik qilardi. Birgina Hasanboy Do‘smatov «Barselona» muxlisi edi. Futbol paytlari rosa mavzu ko‘payardi», deya gapirib o‘tdi G‘iyosov KUN.UZ‘ga bergan intervyusida.

Quyida intervyuning to‘liq ko‘rinishi bilan tanishib olishingiz mumkin:

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid