O‘zbekiston | 19:40 / 10.05.2018
13142
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda mushakbozliklar davom ettiriladi

Toshkent shahrida bundan keyin har bayramda mushakbozlik uyushtiriladi. Bu haqda Toshkent shahri hokimligi matbuot xizmati xabar bergan.

Ma'lum qilinishicha, bundan keyingi mushakbozliklar shaharning bir necha nuqtalarida o‘tkaziladi.

«Takliflarni o‘rganib chiqqan holda, Toshkent shahri hokimligi Toshkent shahrida o‘tkaziladigan kelgusi bayramlarda otiladigan mushaklarning sifatini va go‘zalligini, zamonaviy shakllarda aks etishini xalqaro darajaga ko‘tarishni va otiladigan mushaklarning sonini sezilarli darajada oshirishni rejalashtirmoqda.

Bundan tashqari, shahrimiz aholisi va mehmonlari mushakbozlikdan bahra olish imkoniyatiga ega bo‘lishlari uchun, shahrimizning bir necha hududlarida o‘tkazilishi ko‘rib chiqilmoqda», deyilgan xabarda.

Mavzuga oid