Xotin-qizlar ta’limiga 310 mln, bir martalik mushakbozlikka 444 mln so‘m. Navoiy viloyati hokimi nimalarga pul ajratdi?
Bir viloyatning bitta bayramdagi mushakbozlik uchun xarajatlari shu viloyat ayollarini oliy ta’lim olishga rag‘batlantirish uchun berilayotgan mablag‘lardan ko‘p.

Foto: Qobul Tursunov / Facebook
Navoiy viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Normat Tursunov 15 dekabr kuni mablag‘ ajratish haqida farmoyish imzoladi.
Hujjatda bir qator maqsadlar uchun viloyat mahalliy budjeti 3-chorak daromadlarining rejadan orttirilib bajarilgan qismidan 2 mlrd 901 mln so‘m yo‘naltirish belgilangan.
Xususan, hokim farmoyishida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 28 yillik bayramini (2019 yil) yuqori saviyada o‘tkazish uchun ajratilgan mushaklardan hosil bo‘lgan qarzdorlikni qoplash uchun 443,9 mln so‘m ajratish ko‘zda tutilgan. Bunga bosh vazir birinchi o‘rinbosarining 2021 yil 3 sentyabrdagi 06/18-Yu-15-0/11845-sonli topshirig‘i asos sifatida ko‘rsatilgan.
Shuningdek, hujjat bilan:
- “Besh tashabbus” bo‘yicha media-markaz tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlarga 400 mln so‘m;
- Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish jamg‘armasiga 1 mlrd so‘m;
- xotin-qizlarga bazaviy to‘lov kontrakt summasini to‘lash maqsadida ro‘yxat asosida barcha tuman va shaharlarga jami 310 mln so‘m ajratilgan.

Farmoyishda mushakbozlik uchun mablag‘ viloyat Madaniyat boshqarmasi hisob raqamiga o‘tkazilishi ko‘rsatilgan.
Navoiy viloyati madaniyat boshqarmasi boshlig‘i Nodir Niyozovning Kun.uz'ga ma’lum qilishicha, bayramlarda mushakbozlik buyurtma asosida viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi nazorati ostida Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasi mutaxassislari tomonidan tashkil etiladi. Ajratilgan mablag‘ ham Madaniyat boshqarmasidan Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga o‘tkazib beriladi.
2021 yil 7 sentyabrda ham Navoiy viloyati hokimining farmoyishi asosida mustaqillikning 30 yilligi bayrami xarajatlari uchun viloyat madaniyat boshqarmasiga 450 million so‘m berilgan.
Tavsiya etamiz
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
Iyunda ob-havo nisbatan salqin bo‘lishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 16:47 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Netanyahu eronliklarni hukumatga qarshi chiqishga chaqirdi
Jahon | 08:31
-
Eronning Isroilga javobi: Tel-Avivda vayrongarchiliklar, yaralanganlar bor
Jahon | 07:43
-
Air Arabia O‘zbekistonga va yana to‘qqizta davlatga parvozlarni to‘xtatdi
Jahon | 00:25
-
Eron Isroilga ballistik raketalarni uchirdi
Jahon | 23:46 / 13.06.2025
Mavzuga oid

22:18 / 14.05.2025
“170 dona 200 so‘mlik” - Navoiyda pensiyaning bir qismi tangada to‘lanayotgani aytilyapti

13:30 / 07.05.2025
O‘zbekistonda ilk bor yomg‘irni sun’iy yog‘dirish texnologiyasi sinab ko‘rilmoqda

18:28 / 01.05.2025
Navoiyda kichik samolyotlar ishlab chiqariladi

16:51 / 02.04.2025