O‘zbekiston | 21:46 / 11.05.2018
6912
4 daqiqa o‘qiladi

Xalq banki dasturiy ta'minot, video kuzatuv tizimi, mobil to‘lov terminallari xarid qilish bo‘yicha tanlovlar e'lon qildi

Foto: Xalq Banki

Xalq banki IABS dasturida mijoz va xodimlar ma'lumotlarini avtomatik ravishda o‘ziga yuklab olib va shu ma'lumotlar asosida sertifikat tayyorlash, tayyorlangan sertifikatni elektron kalitga yuklab berish ishlarini bajara oladigan dasturiy ta'minotni xarid qilish bo‘yicha tashkilotlar o‘rtasida tanlov e'lon qiladi.

1. Tanlov komissiyasi ishchi organi manzili va telefoni:
O‘zbekiston Respublikasi 100000, Toshkent sh., Amir Temur shoh ko‘chasi, 3 uy.
Telefon: (99871) 120-17-49, 120-17-62. e-mail: marketing@xb.uz.
2. Tanlov o‘tkazilishi shartlari bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumotlarni www.xb.uz saytidan, shuningdek, dushanba-juma kunlari soat 09-00dan soat 18-00ga qadar yuqorida ko‘rsatilgan manzil va telefonlar orqali olish mumkin.
3. Tijorat takliflari (texnik talablar bo‘yicha alohida konvertda, narxlari bo‘yicha alohida konvertda korxona muhri bilan muhrlangan bo‘lishi lozim) 2018 yilning 26 may kuni Toshkent vaqti bilan soat 17.00ga qadar qabul qilinadi.

Xalq banki shuningdek, ma'lumotlarni qayta ishlash zaxira markazi uchun muhandislik tizimini qurish, ta'mirlash, QYoOS qurilmalari, video kuzatuv tizimi, monitoring tizimlari va SKT materiallarini xarid qilish yuzasidan tanlov e'lon qiladi.

Tanlov savdolarida mahalliy firmalar, tashkilotlar, shuningdek, taklif etilayotgan xizmatlarni ko‘rsatuvchi va ularning avtorizatsiyasiga ega bo‘lgan tashkilotlar ishtirok etishlari mumkin.

Tanlovning maqsadi: Ma'lumotlarni qayta ishlash zaxira markazi muhandislik tizimini qurish, ta'mirlash, QYoOS qurilmalari, videokuzatuv tizimi, monitoring tizimlari va SKT materiallarini xarid qilish.

Tanlov hujjatlarini kompaniyaning firma blankida so‘rov yuborish yo‘li bilan quyidagi manzildan olish mumkin:

Aktsiyadorlik tijorat Xalq banki. 100000, Toshkent sh., Amir Temur shoh ko‘chasi, 3 uy.

Telefon: (99871) 120-17-77, 120-17-49, e-mail: it@xb.uz.

Tanlov savdolari o‘tkazilishi shartlari bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumotlarni www.xb.uz saytidan, shuningdek dushanba-juma kunlari soat 09-00 dan 18-00 ga qadar yuqorida ko‘rsatilgan manzil va telefonlar orqali olish mumkin.

Tijorat takliflari (narxlari bo‘yicha alohida konvertda, texnik talablar bo‘yicha alohida konvertda korxona muhri bilan muhrlangan bo‘lishi lozim) 2018 yilning 26 may kuni soat 17.00 ga qadar qabul qilinadi.

Taqdim etilgan tijorat takliflari tanlov shartlariga javob bermagan taqdirda, ushbu tashkilotlar mazkur tanlovda ishtirok etmaydi.

AT Xalq banki 2 500 (ikki ming besh yuz) dona mobil POS to‘lov terminallarini xarid qilish bo‘yicha tijorat takliflarini qabul qiladi.

1. Tanlov savdolarida chet el firma va tashkilotlari, mahalliy yetkazib beruvchilar, shuningdek, taklif etilayotgan mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar va ularning avtorizatsiyasiga ega yetkazib beruvchilar ishtirok etishlari mumkin.
2. Manzil va telefon: Aktsiyadorlik tijorat Xalq banki. 100000, Toshkent sh., Amir Temur shoh ko‘chasi, 3 uy. Telefon: (99871) 120-17-65, 120-17-49 e-mail: marketing@xb.uz .
3. To‘lov shakli: Xorijiy valyutada yoki milliy valyuta (so‘m)da.
4. Qo‘shimcha ma'lumotlarni www.xb.uz saytidan, shuningdek, dushanba-juma kunlari soat 09-00 dan 18-00 ga qadar yuqorida ko‘rsatilgan manzil va telefonlar orqali olish mumkin.
5. Tijorat takliflari 2018 yil 17 may kuni soat 18.00ga qadar qabul qilinadi.

Mavzuga oid