Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Poroshenko Merkel va Makron bilan nimani muhokama qilgani haqida ma'lumot berdi
Foto: Ukraina prezidenti matbuot xizmati
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoning ma'lum qilishicha, GFR kansleri Angela Merkel va Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan «Normand to‘rtligi»ning keyingi uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha qadamlarni muhokama etgan. Bu haqda «112 Ukraina» xabar bermoqda.
«Yaxshi bilamizki, 18 va 23 may kunlari Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Angela Merkel va Emmanuel Makronning uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Biz yaqin vaqt ichida «Normand shakli»da yig‘ilish o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan qadamlar, tegishli kun tartibini aniq muvofiqlashtirib oldik», - deya aytib o‘tdi Poroshenko uchrashuvdan so‘ng tashkil etilgan brifingda.
Uning qo‘shimcha qilishicha, yig‘ilish, katta ehtimol bilan, Parijda bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Poroshenko Ukraina sharqida rossiyalik 10 ming askar borligini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
10:30 / 18.11.2025
Poroshenko Ukraina hukumatining butun tarkibini iste’foga chiqarishni talab qildi
20:46 / 15.04.2025
Poroshenko Zelenskiy ofisini uzurpatsiyada aybladi
10:07 / 09.05.2024
Poroshenko Germaniyani Ukrainadan kelgan erkaklarni moliyalashtirmaslikka chaqirdi
00:18 / 18.11.2022