Özbekiston nufuzli xalqaro reytinglar va indekslarda öz pozitsiyalarini jiddiy ravişda oşiriş, şuningdek bugungi kunda qayd etilmaydiganlarida özini körsatiş niyatida. Iqtisodiyot vazirligi tomonidan işlab çiqilgan, QHTBT portalida e'lon qilingan loyiha şundan guvohlik bermoqda.  

Hujjatni işlab çiquvçilar mamlakatimiz öz körsatkiçlarini yaxşilaş niyatida bölgan xalqaro reytinglar va indekslarni tasnifladilar. Ularni şartli ravişda uçta: iqtisodiy, sud-huquq va ijtimoiy-siyosiy blokka ajratdilar.

Norma naşrida e'lon qilingan maqolada ularning har biriga batafsil töxtalib ötilgan.

Avvalo bizni u yoki bu reyting (indeks) nimani ifodalaşi, uni tuziş uslubiyati (ya'ni qanday mezonlar baholanişi), Özbekistonning joriy pozitsiyasi va uni yaxşilaş böyiça xatti-harakatlar rejasi qiziqtiradi.

I. Iqtisodiy blok

a) Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot taşkilotining (IHTT) kredit reytingi. Ayni paytda 35 ta davlat IHTT a'zosi hisoblanadi. Taşkilot byudjyeti – 374 mln yevro.

1997 yilda Rasman qöllab-quvvatlanadigan eksport kreditlari böyiça kelişuv (The Arrangement on Officially Supported Export Credits) iştirokçilari mamlakatlarning kredit xatarini baholaş uslubiyatini işlab çiqib, davlatlarni uşbu uslubiyat böyiça tasnifladilar. Uning xususiyati şundaki, uşbu tasnif faqat IHTT bilan kredit munosabatlari doirasida amalga oşiriladigan tranzaksiyalar uçun haqning eng kam stavkalarini aniqlaş maqsadida qöllaniladi.

Şu sababli ikkita guruhdagi davlatlar umuman heç qanday jihatdan tasniflanmaydi. Birinçisi – juda kiçik, odatda orol davlatlar bölib, ular qoida tariqasida IHTTdan rasman moliyaviy kömak olmaydilar (masalan, Kiribati, Mikroneziya, Nauru, Marşall orollari va h.k.). Ikkinçisiga IHTTga a'zo mamlakatlar va Yevrohududdagi iqtisodiy rivojlangan, bunday yordamga muhtoj bölmay, balki aksinça, özlari moliyaviy donor bölib çiqadigan boşqa mamlakatlar kiradi.

Qolgan barça mamlakatlar turli iqtisodiy körsatkiçlar böyiça baholanadi (odatda XVF indikatorlari asos sifatida olinadi) va sakkizta guruhdan biriga kiritiladi. «0» guruhida bölgan mamlakatlar – moliyaviy jihatdan eng farovon, oxirgi «7» guruhida esa iqtisodiy körsatkiçlari eng past bölgan davlatlar joylaşgan.

Sönggi ma'lumotlarga köra MDH mamlakatlari IHTT kredit reytingida quyidagiça joylaşgan:

Körinib turganidek, sönggi yilda MDH mamlakatlari orasida faqat bittasi – Belarus reytingda kötarila olgan. Unga ergaşiş maqsadida reytingni hisoblaş uçun statistik bazani tayyorlaş – mamlakatimizga XVF missiyasi taşrifini uyuştiriş hamda statistik axborotni töplaş, umumlaştiriş, işlov beriş va e'lon qiliş xalqaro tajribasini tahlil qilişni rejalaştirmoqdamiz. Şuningdek reytingimizni qayta körib çiqiş uçun IHTTga a'zo mamlakatlarning eksport kredit agentliklari (EKA) bilan hamkorlikni faollaştiriş zarur.

b) Jahon iqtisodiy forumining Global raqobatbardoşlik indeksi (The Global Competitiveness Index). 2004 yildan buyon tuziladi, bugungi kunda dunyodagi turli mamlakatlar raqobatbardoşligi körsatkiçlarining eng töliq majmui sanaladi. 113 ta özgaruvçan körsatkiçni öz içiga oladi, ularning 2/3 qismi kompaniyalar rahbarlarini global sörovdan ötkaziş natijalarini, 1/3 qismi esa umumfoydalanişdagi manbalarni (statistik ma'lumotlar, tadqiqotlar natijalari va h.k.) aks ettiradi.

Bugungi kunda ötkazilgan sönggi tadqiqotlarga (The Global Competitiveness Report 2017–2018) köra MDH mamlakatlari orasida reytingdagi örinlar quyidagiça taqsimlangan:

Bu Özbekiston umuman örin olmagan, töplamdagi yagona tadqiqotdir. Şu sababli avval indeksga kirişga tayyorgarlik köriladi – indikatorlarni baholaş uslubiyati örganiladi, bizda quyi baho olişi mumkin bölganlari aniqlanib, tuzuvçilar bilan aloqa örnatiladi. Navbatdagi bosqiçda mamlakatimiz Kompaniyalar rahbarlari global sörovida qatnaşib, öz bahosini oladi. 

v) Jahon bankining «Biznes yuritiş» (Doing Business) indeksi. Doing Business indeksidagi körsatkiçlarimizni kötariş uçun törtta yönaliş böyiça çora-tadbirlar majmuini amalga oşiriş taklif etilmoqda:

  • korxonalarni röyxatdan ötkaziş jarayonini takomillaştiriş;
  • kredit oliş imkonini oşiriş;
  • «Quriliş uçun ruxsatnoma oliş», «Mol-mulkni röyxatdan ötkaziş», «Minoritar investorlarni himoya qiliş» va «Tölovga noqobillikni hal etiş» singari reytingning boşqa komponentlarini takomillaştiriş;
  • Jahon banki bilan hamkorlik qiliş.  

g) Iqtisodiy erkinlik indeksi (Index of Economic Freedom). 1999 yildan buyon iqtisodiy jarayonlarni örganiş yakunlari böyiça har yili tuziladi. The Wall Street Journal gazetasi bilan hamkorlikda Meros jamğarmasi (The Heritage Foundation) tomonidan naşr etiladi.  

Tadqiqotlar 10 ta nazorat körsatkiçi: mulk huquqi, korrupsiyadan xolilik, fiskal erkinlik, hukumat iştiroki, tadbirkorlik erkinligi, mehnat erkinligi, monetar erkinlik, savdo erkinligi, investitsiya erkinligi va moliyaviy erkinlikka asoslanadi. Har biri böyiça 0 dan 100 ballgaça baho qöyilib, şundan söng örtaça qiymat hisoblab çiqariladi.

Şu tariqa, Iqtisodiy erkinlik indeksi böyiça MDH doirasidagi törtta mamlakat örtaça erkin iqtisodiyotga (60 dan 70 ballgaça), oltitasi – köp jihatdan erkin bölmagan iqtisodiyotga (50 dan 60 ballgaça) kiradi, ular orasida bizning mamlakat ham bor va iqtisodiyoti erkin bölmagan bitta davlat (50 balldan past) mavjud.

Loyiha mualliflarining fikriça, taşkiliy-uslubiy, statistik va normativ-huquqiy bazani takomillaştiriş vaziyatni önglaş imkonini berişi kerak. Xususan, indeks tuzuvçilar bilan bevosita muzokaralar ötkaziş uçun Özbekiston missiyasini yuboriş, Iqtisodiy erkinlik indeksini oşiriş maqsadida Xalqaro standartlarni implementatsiya qiliş böyiça konsepsiya işlab çiqiş va uni amalga oşiriş rejalaştirilmoqda.

II. Sud-huquq bloki

a) Qonun ustuvorligi indeksi (The Rule of Law Index). 2010 yildan buyon The World Justice Project xalqaro nohukumat taşkiloti uslubiyati böyiça muntazam (bir neça yilda bir marta) tuziladi.

Indeks kombinatsiyalangan körsatkiç bölib, ekspert manbalaridan va jamoatçilik fikrini söraş orqali olingan ma'lumotlar asosida hisoblab çiqariladi. Jami 8ta nazorat körsatkiçi: hokimiyat institutlari vakolatlarini çeklaş, korrupsiyaning yöqligi, tartib va xavfsizlik, asosiy huquqlar himoyasi, hokimiyat institutlarining şaffofligi, qonunlarga rioya etiş, fuqarolik sohasidagi odil sudlov va jinoyat sohasidagi odil sudlov baholanadi.

Bugungi kunda ötkazilgan sönggi tadqiqotda (The World Justice Project: The Rule of Law Index 2017) MDH mamlakatlari quyidagiça taqsimlandi:

b) Korrupsiyaga munosabat indeksi (The Corruption Perceptions Index). 1996 yildan buyon Transparency International xalqaro nohukumat taşkiloti uslubiyati böyiça har yili tuziladi. U umumfoydalaniladigan statistik ma'lumotlar va global sörov natijalari kombinatsiyasidan iborat. Tekşirilayotgan mamlakatlar davlat sektoridagi korrupsiya darajasiga munosabati asosida 0 dan (eng yuqori korrupsiya darajasi) 100 gaça (eng quyi korrupsiya darajasi) şkala böyiça ranjirovka qilinadi.

Sönggi e'lon qilingan tadqiqotda (Transparency International: The Corruption Perceptions Index 2017) MDHga a'zo davlatlar körsatkiçlari quyidagiça böldi:

Sud-huquq blokining ikkala reytingida pozitsiyani oşiriş böyiça umumiy xatti-harakatlar rejasi tuzilgan. Unda quyidagilar nazarda tutilgan:

  • taşkiliy-uslubiy bazani takomillaştiriş;
  • hokimiyat institutlarini demokratlaştiriş;
  • korrupsiyaga qarşi kuraşiş;
  • asosiy huquqlarni himoyalaş, tartib va xavfsizlikni ta'minlaş;
  • sud-huquq tizimida qonuniylikning yanada mustahkamlaş.

III. Ijtimoiy-siyosiy blok 

a) Matbuot erkinligi jahon indeksi (Worldwide Press Freedom Index). U 2001 yildan buyon milliy mass-media faoliyatidagi 43 ta asosiy körsatkiçlarni tekşiriş asosida har yili tuziladi. «Çegara bilmas reportyorlar» («Reportyory bez granits») xalqaro nohukumat taşkiloti tomonidan naşr qilinadi.

Uşbu taşkilotning 2017 yildagi tadqiqoti ma'lumotlariga köra MDH mamlakatlarida quyidagi manzara kuzatilmoqda:

Audio-, video- va bosma materiallarni tarqatiş miqyosini yanada kengaytiriş; qöşma media-loyihalarni amalga oşiriş; xorijiy tillarda qisqa axborot materiallarini tezkor tayyorlaştizimini yaratiş yuzaga kelgan vaziyatni özgartirişda yordam beradi. Xorijiy sotsiologik markazlar bilan hamkorlik örnatiş, jurnalistikaga öqitişning yangi dasturlarini joriy etişga ehtiyoj borligi ham qayd etildi;

b) Jahon mamlakatlarining demokratiya indeksi (The Democracy Index). Bu 2006 yildan buyon muntazam ötkazilayotgan siyosiy jarayonlar global tadqiqotidir. Yakunlar böyiça reyting şakllantiriladi, uning uslubiyati muallifif Britaniyadagi The Economist Intelligence Unit tadqiqot markazi (Angliyadagi Economist jurnalining tahlil bölinmasi) hisoblanadi.

Reyting qisman ekspert baholariga va tegişli mamlakatlar aholisi orasida ötkazilgan jamoatçilik fikri sörovi natijalariga asoslangan. Saylov jarayoni va plyuralizm, hukumat faoliyati, siyosiy iştirok, siyosiy madaniyat, fuqarolik erkinliklari toifalariga birlaştirilgan 60 ta asosiy körsatkiçdan şakllantiriladi.

MDH mamlakatlarining joriy körsatkiçlari (Democracy Index 2017. Free speech under attack):

MDH davlatlari böyiça demokratiyaning yuqori indeksi yaqin ötmişda «rangli inqiloblar»ni boşidan keçirgan mamlakatlarga tegişliligi kişini bezovta qiladi. Uşbu dalil bilan mamlakatning reytingdagi örni örtasida boğliqlik bölsa, tadqiqot siyosiy tusga ega bölib, vaziyatni xolisona baholamasligi körinib qoladi.

Şunga qaramay, Özbekiston demokratiyasi indeksini oşiriş uçun reytingdagi barça beşta toifa böyiça çora-tadbirlar «yöl xaritasi» loyihasiga kiritilgan. Ular sirasiga, masalan, saylov töğrisidagi qonunçilikka tuzatişlar kiritiş, ayrim hujjatlar mohiyati va mazmunini jahon jamoatçiligiga ma'lum qiliş va boşqalar kiradi;

v) BMT Rivojlaniş dasturining Inson rivojlanişi indeksi. 1990 yildan buyon belgilanadi (2013 yilgaça – Inson salohiyati rivojlanişi indeksi). Uning doirasida uçta asosiy ijtimoiy omil: kutilayotgan yaşaş davomiyligi, ta'lim va yalpi milliy daromad böyiça körsatkiçlar baholanadi.  

Sönggi e'lon qilingan tadqiqotlarga köra (United Nations Development Programme: Human Development Index 2016) MDH mamlakatlari quyidagi körsatkiçlarga ega:

IRIni oşiriş böyiça iş rejasida – aholini röyxatga olişga tayyorgarlik (avvalgisi 1989 yilda ötkazilgan) va multi-indikator klaster tadqiqoti ötkaziş bor. 

Yakun çiqaramiz

Ijobiy özgarişlar özini namoyon etmoqda. Amaldorlar sözlarini real xatti-harakatlar bilan tasdiqlab qolmay, balki işlar miqyosini ham ança kengaytirmoqdalar. Misol uçun, avvalgi loyihalardan birida ham faqatgina bitta xalqaro reyting doirasida ança katta maqsadlar belgilangan edi. Hozir esa ularning soni töqqiztaga yetdi!

Biroq taqdim etilgan «yöl xaritasi» loyihasi biroz qöşimça işlov berişni taqozo etadi. Muallifning fikriça, mamlakatimiz har bir xalqaro reyting/indeks böyiça qanday maqsadlarga erişmoqçi ekanligini aniq raqamlarda körsatgan ma'qul. Şunda ayrim xatti-harakatlarning amalda bajarilişi bilan emas, balki ayni prognoz parametrlari bilan boğlangan muddatlarni ham körsatiş mumkin böladi. Masalan: «dastlabki bosqiçda Özbekistonning Iqtisodiy erkinligi indeksini 8,5 bandga oşirib, 2018–2019 yillar davomida örtaça erkin iqtisodiyotga ega mamlakatlar guruhiga kiriş» va h.k.

Bu, birinçidan, vazifalar va ularni ijro etiş muddatlari haqida aniq tasavvurga ega böliş, ikkinçidan esa, mazkur yönalişda amalga oşirilayotgan işni monitoring qiliş samaradorligini yanada oşiriş imkonini berar edi.
 

Oleg Zamanov