Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
27 may kuni Namanganda xalqaro “Gul bayrami” boshlanadi
Namangan viloyatida har yili an'anaviy tarzda o‘tkazilib kelinayotgan “Gul bayrami” bu yil 58-bor nishonlanadi. Bu haqda Kun.uz tahririyatiga Namangan shahar hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Go‘zallik va nafosat bayrami tantanalari shu yilning 27 may kuni (yakshanba) Namangan shahridagi Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida boshlanadi.
An'anaviy bayramda gulchilarimiz tomonidan O‘zbekiston iqlimiga moslashtirilgan, dunyoning barcha mintaqalarida yetishtiriladigan gullardan namunalar, bir-biriga o‘xshamagan gullardan tayyorlangan dekoratsiya va konstruksiyalarni tomosha qilish mumkin bo‘ladi. Bayram dasturi doirasida turli madaniy tadbirlar, ko‘ngilochar badiiy tomoshalar kayfiyatingizga ko‘tarinkilik bag‘ishlaydi.
Bayramning ilk kuni tantanali ochilish marosimi o‘tkaziladi. Shu kuni gullar bilan bezatilgan mashinalar paradi ham tashkil etiladi. Qolaversa, bu an'naviy gullar shodiyonasi ichki va tashqi turizmni rivojlantirishda muhim o‘rin tutishi shubhasiz.
Barcha hamyurtlarimizni va yurtimiz mehmonlarini har yilgidan-da o‘zgacha ruhda o‘tishi kutilayotgan an'naviy gul bayramiga taklif qilamiz!
Oqilxon Dadaboyev
jurnalist
Mavzuga oid
11:46 / 20.06.2026
Namanganda qalbaki dollar sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
15:13 / 15.06.2026
Namanganda ta’lim tizimi mansabdori tezkor tadbirda qo‘lga olindi
17:37 / 04.06.2026
Namanganda tergovchi va advokat pora bilan ushlandi
10:59 / 20.05.2026