Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
General-mayor Po‘lat Bobojonov qozog‘istonlik hamkasbi bilan uchrashdi, ikki davlat IIV muvofiqlashtiruvchi guruhi tuziladi
Samarqand shahrida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, general-mayor P.Bobojonov va Qozog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, politsiya general-polkovnigi K.Qosimov boshchiligidagi har ikkala mamlakat IIV delegatsiyalarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bergan.
Uchrashuvda, shuningdek, o‘zaro do‘st ikki davlat ichki ishlar organlarining mas'ul xodimlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
O‘zbekiston va Qozog‘iston ichki ishlar vazirlari tadbir ishtirokchilariga umumiy murojaatlarida, jumladan, xalqaro terrorizm, ekstremizm, giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanishi, noqonuniy migratsiya, odam savdosi va boshqa jinoyatlar global xususiyat kasb etayotgan hozirgi paytda do‘stona munosabatda bo‘lgan mamlakatlarimizning huquq-tartibot posbonlari yaqin hamkorligi, o‘zaro tajriba almashish, birgalikda maxsus operatsiyalar o‘tkazish, muntazam axborot almashish doimo diqqat markazida bo‘lishi lozimligini, bu boradagi hamkorlikni yanada rivojlantirish va mustahkamlash zarurligini ta'kidladilar.
Ikki tomonlama uchrashuv chog‘ida kun tartibi doirasida birinchi darajali ahamiyatga molik bo‘lgan bir qator dolzarb masalalar muhokama qilindi. Jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida O‘zbekiston va Qozog‘iston ichki ishlar organlarining o‘zaro hamkorligini mustahkamlash, birgalikda tezkor-qidiruv tadbirlari o‘tkazish, terrorizm va ekstremizm ko‘rinishlarining oldini olish borasida ikkala mamlakat Ichki ishlar vazirliklarining hamkorligi muloqotning asosiy mavzusi bo‘ldi.
Tomonlar «Qozog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining muvofiqlashtiruvchi guruhini tuzish to‘g‘risida»gi qo‘shma buyruqni imzoladilar, shuningdek boshqa dolzarb masalalarni ham muhokama qilib, hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilab oldilar.
Mavzuga oid
09:00 / 22.06.2026
Samarqandda 2 kilogrammdan ortiq «gashish» sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
23:04 / 13.06.2026
Samarqandda Rossiyada ishlashni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun test markazi ochiladi
10:50 / 12.06.2026
Samarqandning olis tumanlariga investitsiyalar jalb etiladi
17:46 / 10.06.2026