Iroqdagi parlament saylovlari osoyishta o‘tdi

Foto: AP / Sabah Arar
12 may kuni Iroq vakillar kengashiga (parlament) saylovlar jiddiy voqealarsiz yakunlandi. As Sumaria telekanalining ma'lum qilishicha, ovoz berish punktlari mahalliy vaqt bilan soat 18:00da yopilgan.
Ovoz berish davomida bir qator viloyatlar, jumladan Bag‘dodda yangi elektron ovoz berish tizimida bir nechta nosozliklar yuz bergani qayd qilingan, biroq ular saylovlar borishiga jiddiy ta'sir ko‘rsatmagan. Umumiy hisobda Iroqning 18 ta viloyatidagi 56 mingta ovoz berish uchastkasi ovozlarni elektron hisoblovchi 70 mingta qurilma bilan jihozlangan.
Ma'lum qilinishicha, dastlabki natijalar 24 soat ichida ma'lum qilinadi. Yakuniy natijalar esa barcha shikoyat va e'tirozlar ko‘rib chiqilgachgina e'lon qilinadi. Saylovlar borishini 900 dan ko‘proq xorijiy va 7 ming mahalliy kuzatuvchi, yuzlab iroqlik va xorijiy jurnalistlar, 20 ta xalqaro tashkilot vakillari kuzatib borishgan.
Ushbu saylovlar 2017 yilda mamlakatda IShID ustidan g‘alaba qozonilgani e'lon qilinganidan keyingi ilk saylovlar bo‘ldi. Saylovlar oldidan xavfsizlik maqsadida quruqlikdagi chegaralar, aeroportlar yopib qo‘yilgan, butun mamlakat bo‘ylab transport qatnovi cheklangan. Biroq hamma saylov uchastkalari ochilgach, bu choralar bekor qilingan.
Saylovlar vaqtida 1 mln ga yaqin politsiyachi va harbiylar safarbar qilingan. Bir qator OAV xavfsizlik kuchlari tomonidan saylov uchastkalarida jangarilar tomonidan uyushtirilmoqchi bo‘lgan teraktlar oldi olinganini ma'lum qilgan.
Parlamentdagi 328 ta o‘ringa 7 mingdan ko‘proq nomzod da'vogarlik qilmoqda, ulardan 2011 nafarini ayollar tashkil qiladi.
So‘nggi yangiliklar
-
Eron Isroilga qarata yangi turdagi ballistik raketani uchirdi
Jahon | 00:36
-
Rossiya Finlandiya chegarasi yaqinida qo‘shinlarini ko‘paytirmoqda – OAV
Jahon | 23:56 / 18.06.2025
-
XAEA rahbari Eron yadro quroli ishlab chiqarayotganiga hech qanday dalil yo‘qligini aytdi
Jahon | 23:26 / 18.06.2025
-
Shavkat Mirziyoyev «Oltin bel» cho‘qqisidagi tog‘-chang‘i kurorti loyihasi bilan tanishdi
O‘zbekiston | 23:06 / 18.06.2025
Mavzuga oid

10:20 / 12.06.2025
AQSh Eron bilan ortayotgan keskinlik fonida Iroqdagi elchixonasi xodimlarini evakuatsiya qilmoqda

19:09 / 15.04.2025
Iroqda kuchli qum bo‘ronlari kuzatilmoqda. Mamlakatda aviaqatnovlar to‘xtatildi

21:21 / 14.03.2025
Iroqda IShIDning «eng xavfli jangarisi» o‘ldirildi

17:24 / 03.02.2025