O‘zbekiston | 08:39 / 12.05.2018
21739
2 daqiqa o‘qiladi

YPX jamoasi safida ayol xodimlar paydo bo‘lishi mumkin – Toshkent IIBB

Ichki ishlar organlarida ayol xodimlar tobora salmoqli o‘rin egallab bormoqda. PPX maxsus patrul xizmati ortidan opa-singillarimiz bugun ular uchun yangi yo‘nalish – YPXda ham o‘zlarini sinab ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘lmoqdalar, deb xabar beryapti Toshkent shahar IIBB axborot xizmati.

Foto: IIBB axborot xizmati

Ushbu tajriba poytaxtdagi «Toshkent» markaziy temiryo‘l vokzali va Toshkent xalqaro aeroporti hududida amaliyotda sinovdan o‘tkazilmoqda. Agar natija kutilganidek bo‘lsa, u holda yo‘llarda YPX xodimlari qatorida ayol xodimlarimizni ham uchratish mumkin bo‘ladi.

Foto: IIBB axborot xizmati

Hozirda ikki nafar ayol xodim sohaning tajribali erkak xodimlaridan tartibga solinmagan, tirbandlik yuzaga kelgan chorrahalarni boshqarish va imtiyozga ega bo‘lgan avtotransport vositalarini o‘tkazib yuborish kabi holatlarda to‘g‘ri harakatlanishni o‘rganmoqda.

Foto: IIBB axborot xizmati

Ma'lumot o‘rnida aytib o‘tish kerakki, qator xorij mamlakatlarida yo‘llarda forma kiygan ayol YPX xodimlarini ko‘plab uchratish mumkin. Ular o‘z xizmat vazifalarini erkaklardan kam bo‘lmagan darajada o‘tashmoqda.

Mavzuga oid