Tbilisida klublardagi maxsus amaliyotdan so‘ng tartibsizliklar boshlandi
Gruziya IIV Tbilisidagi «Bassiani» va «Galeri» tungi klublarida tintuvlar o‘tkazdi, shundan so‘ng shaharda tartibsizliklar boshlandi. Bu haqda Gruziya OAV xabar bermoqda.
Mahkamadan bildirishlaricha, klublarda giyohvand moddalarni sotish holatlarini aniqlash uchun maxsus amaliyot o‘tkazishga uch oy davomida tayyorgarlik ko‘rilgan. 12 may kuni kechqurun ikkita klubdagi tintuvlar yakunlari bo‘yicha sakkiz kishi qo‘lga olindi.
Bu klublarga tashrif buyurganlar Rustaveli shoh ko‘chasidagi parlament binosi oldida norozilik aksiyasi o‘tkazishdi, deb xabar bermoqda Gruziyaning «Pervyy kanal»i. Politsiya yetib kelganidan so‘ng tartibsizliklar boshlangan, jumladan, namoyishchilarning huquqni muhofaza qiluvchi organlar vakillari bilan to‘qnashuvlari yuz bergan.
Voqea joyiga kuchishlatar idoralarning qo‘shimcha otryadlari safarbar etildi. Ta'kidlanishicha, hozirgi paytda qancha kishi qo‘lga olingani noma'lum bo‘lib turibdi.
Police has forcefully removed the crowd from in front of #Bassiani #Tbilisi #Georgia nightclub pic.twitter.com/idwyUBu14y
— OC Media (@OCMediaorg) May 11, 2018
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ostona va Olmaotada norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tgani, o‘nlab kishilar qo‘lga olingani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
18:59 / 09.08.2024
Georgian Airlines aviakompaniyasi Navoiyga yuk parvozlarini yo‘lga qo‘ydi
22:38 / 06.08.2024
Gruziya parlamenti spikeri Saakashvili afv etilishi mumkinligini aytdi
14:07 / 06.08.2024
Bangladeshda ikki kun ichida 231 kishi halok bo‘ldi
11:06 / 05.08.2024