Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ostona va Olmaotada norozilik namoyishlari: o‘nlab kishilar qo‘lga olindi
Qozog‘istonning Ostona va Olmaota shaharlarida 10 may kuni o‘nlab odamlar siyosiy sabablarga ko‘ra ta'qib etilayotgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida norozilik namoyishlariga chiqishdi.
Ostonadagi Kosmonavtlar ko‘chasida, Yevropa davlatlarining diplomatik vakolatxonalari oldida yig‘ilgan o‘nlab odamlar «Siyosiy mahbuslarga ozodlik!», «Ozodlik!», «Sharmanda!» deya hayqirishgan.
Olmaotada esa ertalabki soatlarda o‘nlab odamlar opera va balet teatriga yaqin joydagi piyodalar ko‘chasiga kelishdi. Ular qozog‘istonlik huquq himoyachilari tomonidan siyosiy mahbuslar sifatida e'tirof etilgan kishilarning portretlarini ko‘tarib olgan va qiynoqlarni to‘xtatishga chaqirishgan.
Har ikki shaharda aksiyalarda qatnashgan o‘nlab kishilar qo‘lga olingan. Aktsiyalarning ba'zi ishtirokchilari politsiya xodimlari tomonidan xizmat avtobuslariga kuch bilan olib kirilgan. Ostonada esa o‘smir bilan birga avtobusga qarab olib ketilgan ayol shunday qichqirgan: "Axir u yosh bola-ku, nima qilyapsizlar! U 12 yoshda-ku!".
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, Olmaotada 70dan ortiq kishi qo‘lga olindi.
Ishtirokchilarning so‘zlariga ko‘ra, norozilik namoyishlari Qozog‘istonga Yevroparlament rasmiy missiyasining kelishi bilan bog‘liq, u Ostonaning Yevropa Ittifoqi va Qozog‘iston o‘rtasidagi sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi Kelishuv shartlarini qanday bajarayotganini baholashi kutilmoqda.
Mavzuga oid
20:33 / 02.05.2026
Olmaotada Qozog‘istondagi ilk krematoriy ishga tushdi
19:52 / 21.04.2026
Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga amaliy tashrifi boshlandi
08:30 / 21.03.2026
Olmaotada 48 nafar mehnat muhojirining pasporti qaytarib olib berildi
23:03 / 14.03.2026