Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentdagi ba'zi ko‘chalarda avtotransport harakati bir tomonlama cheklanadi – hokimlik
Poytaxtdagi bir qator ko‘chalarda avtotransport harakati bir tomonlama cheklanadi. Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati bu haqda xabar bergan.
«TOSHISSIQQUVVATI» davlat unitar korxonasi 2018-2019 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish tadbirlari dasturiga asosan 2018 yilning 12 may kunidan boshlab shahrimizning Mirobod tumani, Nukus ko‘chasi bo‘ylab o‘tgan magistral issiqlik tarmoqlarida kapital ta'mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan Nukus ko‘chasining, Kichik Beshyog‘och va Mirobod ko‘chalari bilan kesishmalari oraligida avtotransport harakatining bir tomonlama cheklanishini ma'lum qiladi.
«TOSHISSIQQUVVATI» davlat unitar korxonasi piyodalar va avtotransport harakatida yuzaga keladigan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so‘raydi», - deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentdagi ba'zi ko‘chalarda avtotransportlar harakati velomarafon o‘tkazilishi tufayli vaqtincha cheklanishi xabar berilgandi.
Mavzuga oid
14:23 / 14.07.2026
Sobiq onkologiya shifoxonalari hududi hozir qanaqa holatda?
22:10 / 11.07.2026
Toshkent Osiyodagi yashash uchun eng qimmat shaharlar reytingida 74-o‘rinda qayd etildi
12:11 / 06.07.2026
O‘zbekistonda birinchi Xalqaro islom forumi boshlanmoqda
18:20 / 04.07.2026