22:35 / 13.05.2018
7841

APLda oxirgi tur: «Liverpul» YeChLga, «Chelsi» YeLga

Foto: Liverpul matbuot xizmati

«Liverpul» mavsumning oxirgi turida «Brayton»ga qarshi o‘ynadi. Liverpuldagi «Enfild» stadionida kechgan uchrashuv maydon egalarining 4:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

O‘yinning 26-daqiqasida Muhammad Saloh hisobni ochdi. Tanaffus arafasida Deyan Lovren «Liverpul» ustunligini oshirdi. Ikkinchi bo‘limda Dominik Solanke va Endryu Robertson bittadan gol urib, yirik g‘alabani ta'minladi.

Bu g‘alaba evaziga «Liverpul» keyingi mavsumda Chempionlar ligasida ishtirokini kafolatladi. Yurgen Klopp jamoasi mavsumni turnir jadvalidagi 4-o‘rinda yakunladi, «Brayton» – 15-o‘rinda qoldi.

2018/19 yilgi mavsumdan boshlab Angliyaning 4 jamoasi ham YeChLni to‘g‘ridan-to‘g‘ri guruh bosqichida boshlaydi.

«Nyukasl Yunayted» o‘z maydonida «Chelsi»ni qabul qildi. «Sent-Jyeyms Park» stadionida kechgan uchrashuv maydon egalarining 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

G‘oliblar safida Ayose Peres dublni rasmiylashtirdi, yana bir gol Duayt Geyl nomiga yozildi.

Parallel kechgan uchrashuvda «Liverpul» «Brayton»ni tor-mor keltirgani tufayli mavsum yakunlariga ko‘ra beshinchi o‘rinni egallagan «Chelsi» keyingi mavsumda Yevropa Ligasida ishtirok etadigan bo‘ldi.

Shu tariqa, «Chelsi» 3 yil ichida ikkinchi marta Chempionlar ligasiga yo‘llanma ololmayapti. 2015/16 yilgi mavsumda jamoa 10-o‘rinni egallagan, keyingi mavsumda esa  APL chempioni bo‘lgandi.

Joriy mavsumda «Chelsi» YeChLning 1/8 finaliga chiqdi va «Barselona» tomonidan to‘xtatildi.

Angliya chempionati
38-tur
Liverpul – Brayton 4:0
 (2:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 26 Saloh, 2:0 – 40 Lovren, 3:0 – 53 Solanke, 4:0 – 85 Robertson.
Liverpul – Karius, van Deyk, Robertson, Aleksander-Arnold, Lovren, Mane (Lallana, 74), Henderson, Saloh (Vudbern, 84), Veynaldum, Firmino (Ingz, 84), Solanke.
Brayton – Rayan, Dank, Bong, Skelotto, Daffi (Goldson, 71), March, Propper, Knokert, Kayyal (Gross, 57), Lokadiya (Myurrey, 57), Stivens.

Nyukasl – Chelsi 3:0 (1:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 23 Geyl, 2:0 – 59 Peres, 3:0 – 63 Peres.
Nyukasl – Dubravka, Lassels, Dammett, Yyedlin, Lejyen, Ritchi (Xeyden, 72), Diame (Edara, 87), Shelvi, Merfi, Peres, Geyl (Xoselu, 48).
Chelsi –    Kurtua, Aspilikueta, Kristensen, Keyxill, Mozes, Barkli (Villian, 77), Bakayoko, Azar (Pedro, 82), Kante, Emerson, Jiru (Morata, 76).
Ogohlantirish: Bakayoko (62).

Top