Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Parijda noma'lum kimsa odamlarga pichoq bilan hujum qildi
Foto: AFP/ THOMAS SAMSON
12 may kechki vaqt, soat 21.00lar atrofida Parijning 2-okrugida noma'lum kimsa odamlarga hujum qildi. Bu haqda FranceInfo portali ma'lum qildi.
Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, hujum oqibatida bir kishi halok bo‘lgan, yana 4 kishi jarohat olgan, ulardan 2 nafarining ahvoli og‘ir. Jinoyatchi shimoliy afrikalikka o‘xshash, 20 yoshlar atrofida va egnida qora kiyim bo‘lgan.
Politsiya xodimlari bosqinchini zararsizlantirishga muvaffaq bo‘lishgan. Ta'kidlanishicha, u o‘ldirilgan.
Parij prokurori Fransua Molensning ma'lum qilishicha, voqea tergovini aksilterrorchilik prokuraturasi olib bormoqda.
Fransiya bosh vaziri Eduar Filipp halok bo‘lgan va jarohatlanganlar oilalariga hamdardlik bildirgan.
Ushbu hujum uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga olgan.
Mavzuga oid
18:49 / 19.02.2026
AQSh Eron yaqinida qo‘shin to‘plamoqda. Urush xavfi oshdi
15:18 / 19.02.2026
Qo‘qonda profilaktika inspektoriga pichoq bilan hujum qilindi
14:52 / 19.02.2026
Parijdagi so‘l partiya ofisi portlash tahdididan so‘ng evakuatsiya qilindi
18:51 / 13.02.2026