Jahon | 23:18 / 13.05.2018
4408
1 daqiqa o‘qiladi

Pekin va Tehron Eron bilan yadroviy kelishuvning saqlanib qolinishini qo‘llab-quvvatladi 

Foto: TASS/Sergey Savostyanov

Eron va Xitoy tashqi ishlar vazirlari Javod Zarif va Van I o‘zaro muzokaralar o‘tkazishdi va ularning yakunlariga ko‘ra Eron yadroviy dasturi bo‘yicha kelishuvni qo‘llab-quvvatlashlarini tasdiqlashdi. Bu haqda Xitoy tashqi ishlar vazirligi saytida ma'lum qilindi.

“Xitoy yadroviy kelishuvni saqlab qolish uchun barcha tegishli tomonlar, jumladan Eron bilan maslahatlashuvlar o‘tkazishga va barcha zarur sa'y-harakatlarni davom ettirishga tayyor”, deb aytgan Xitoy vakili.

Ta'kidlanishicha, Eron ham kelishuvga a'zo barcha davlatlar bilan maslahatlashuvlar o‘tkazishga tayyorligini bildirgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid