Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident farmoni: advokat va uning himoyasi ostidagi shaxs audio hamda video kuzatuv bo‘lmagan maxsus xonalarda uchrashadi
Advokat va himoya ostidagi shaxslar bilan uchrashuv audio va video kuzatuv uskunalar bo‘lmagan maxsus xonalarda amalga oshirilishi ta'minlanadi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Advokatura instituti samaradorligini tubdan oshirish va advokatlarning mustaqilligini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmonida shunday deyiladi.
Ma'lum qilinishicha, advokatlarning o‘zlarining himoya ostidagi shaxslar bilan uchrashuvi audio va video kuzatuv uskunalar bo‘lmagan maxsus xonalarda hamda begona shaxslarning qatnashuvisiz o‘z vaqtida va hech qanday to‘siqlarsiz amalga oshirilishi ta'minlanadi, bunda advokat va himoya ostidagi shaxsning suhbatini uchinchi shaxslar tomonidan eshitilishini cheklagan holda ularning vizual ko‘rish imkoniyati saqlanib qolinishi kerak deyilgan farmonda.
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasiga muvofiq , o‘zining professional faoliyatini amalga oshirish uchun advokatlar moneliksiz sud binosiga kompyuter, mobil va boshqa aloqa vositalarini olib kirish huquqiga ega, yopiq sud majlislari bundan mustasno. Bunda, qayd qilingan uskunalardan sud binosi ichkarisida foydalanish sud jarayonini o‘tkazish tartibini buzmasligi kerak.
Malakali yuridik yordam ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan, davlat va boshqa organlardan hamda korxona, muassasa va tashkilotlardan ma'lumotnomalar, tavsifnomalar va boshqa hujjatlar yoki ularning nusxalarini olish uchun advokatlarning so‘rovlari so‘rov qabul qilingan paytdan boshlab ko‘pi bilan o‘n besh kun muddatda bajarilishi shart, davlat siri yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni o‘z ichiga olgan ma'lumotlar bundan mustasno.
Mavzuga oid
18:40 / 23.06.2026
Falajlikda o‘tgan 4 yil yoxud Islomov rahbarligi davrida sud tizimi
09:00 / 16.06.2026
Firibgarlar sud organlari nomidan SMS yubormoqda
20:43 / 08.06.2026
Sudyalar uchun daromad va mol-mulk deklaratsiyasini taqdim etish tizimi ishga tushiriladi
08:56 / 28.05.2026