12:00 / 13.05.2018
21633

Toshkent shahrida aholi muammolarini o‘rganish uchun 16ta guruh tuzildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yilning 9 fevral hamda 16 mart kunlari Toshkent shahrida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishish davomida bergan topshiriqlarida belgilangan vazifalarni bajarilishini ta'minlash maqsadida poytaxtda «Muammolar yechimi - harakatlar yakdilligida» guruhlari ish boshladi.

Toshkent shahar hokimligi, prokuraturasi, ichki ishlar bosh boshqarmasi, davlat soliq boshqarmasi, favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, milliy gvardiya va boshqa davlat idoralarining malakali mutaxassislari hamda jamoat tashkilotlarining 270 nafardan ortiq vakillaridan iborat bo‘lgan ushbu guruhlar bevosita mahallalarda uyma-uy yurib, xalq bilan manzilli muloqot yuritib, fuqarolarning eng muhim muammolarini hal etishda ularga har tomonlama ko‘maklashish, hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi, ayniqsa yoshlar bandligini ta'minlash, sog‘lig‘ini saqlash, ijtimoiy muhofaza qilishga yo‘naltirilgan choralarni jadal amalga oshirishni ta'minlaydi.

«Ulug‘ ayyom – muborak Ramazon oyi arafasida joriy yilning 12 may kuni Toshkent shahar hokimiyatidan 16ta guruh bevosita xonadonlarda oilalarni o‘rganish, uy-joy kommunal va yo‘l xo‘jaligi, energiya, suv ta'minoti, hududlarni obodonlashtirish, ijtimoiy turmush tarzidagi mavjud muammolarni aniqlash hamda hal etish bo‘yicha aniq maqsadli tadbirlarni amalga oshirish uchun poytaxtning Sergeli, Uchtepa, Shayxontohur va Olmazor tumanlaridagi barcha sektorlarga chiqib ketishdi. Bu tadbirlar poytaxtning boshqa tumanlarida ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan», deyilgan Toshkent shahar prokuraturasi «Kun.uz»ga bergan xabarida.

Foto: Toshkent shahar prokuraturasi
Foto: Toshkent shahar prokuraturasi
Foto: Toshkent shahar prokuraturasi
Foto: Toshkent shahar prokuraturasi
Foto: Toshkent shahar prokuraturasi
Foto: Toshkent shahar prokuraturasi

 

Top