Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp va Kim Chen In uchrashuvida Xitoy rahbari ham qatnashishi mumkin
Foto: Ju Peng/Xinhua via AP
Xitoy xalq respublikasi raisi Si Jinping AQSh prezidenti Donald Tramp va KXDR rahbari Kim Chen Inning Singapurdagi uchrashuvi chog‘ida hozir bo‘lishi mumkin. Bu haqda telekanali o‘z manbasiga asoslangan holda xabar tarqatdi.
Telekanal ma'lumotiga ko‘ra, tomonlar Koreya yarim orolidagi vaziyatni muhokama qilishlari ko‘zda tutilgan.
Qayd etilishicha, 1953 yili Koreya urushi yakunidagi sulh tuzilishi vaqtida ham AQSh va Shimoliy Koreya rahbarlari bilan birga Xitoy rahbari ham ishtirok etgandi.
Bundan oldinroq OAVda AQSh prezidenti Kim Chen In bilan 12 iyun kuni Singapurdagi uchrashuv yakunida Koreya yarim orolidagi urush holati barham topganini e'lon qilishi kutilayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
21:28 / 10.04.2026
Tayvan muxolifati yetakchisi Pekinda Si Jinping bilan uchrashdi
08:55 / 26.03.2026
Lukashenko ilk bor KXDRga tashrif buyurdi
23:21 / 24.03.2026
KXDR Konstitutsiyasi o‘zgartirildi – uning nomidan «sotsialistik» so‘zi olib tashlandi
12:45 / 23.03.2026