Jahon | 22:47 / 14.05.2018
10067
3 daqiqa o‘qiladi

Hindistonda uzun yengli ko‘ylak kiygan o‘quvchi qizlar imtihonga kiritilmadilar

Hindistonning Bixar shtatidagi maktab xodimlari uzun yengli ko‘ylak kiygan qizlarni imtihonga kiritmadilar. NDTV’ning ma'lum qilishicha, bunday qizlarning imtihon o‘tuvchi joyga kirishidan avval ko‘ylaklari yenglari hammaning ko‘z o‘ngida kesib tashlangan. Ta'kidlanishicha, ko‘chirmakashlikning oldini olish maqsadida shunday chora qo‘llangan. 

Voqea Muzaffarpur okrugida yuz bergan. Ushbu holat videosi OAVda, so‘ngra internetda paydo bo‘lgan va ommaviy noroziliklar hamda taftish o‘tkazish chaqiriqlariga sabab bo‘lgan.

Okrug ta'lim bo‘limi xodimining aytishicha, imtihon topshiruvchilar uzun yengli kiyimlar kiyib kelmaslik haqida oldindan ogohlantirilganlar. Uning aytishicha, ko‘rilgan chora to‘g‘ri bo‘lgan, biroq yenglarning hammaning ko‘z o‘ngida kesilishi muammoga sabab bo‘lgan.

“Kadrlarga ko‘ra, davlat maktabidagi imtihon markazi xodimlari nomzodlar kiyimlari yengini qaychi yoki piska bilan kesib olishgan. Ta'lim bo‘limi voqeani tergov qilgan, maktabga kelgusida tanlov imtihonlari o‘tkazish taqiqlab qo‘yilgan”, deb aytgan manba. Bundan tashqari, imtihonni tashkillashtirish uchun javobgar shaxs umrining oxirigacha bu ish bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum etilgan. 

The New Indian Express nashri ma'lumotlarga ko‘ra, imtihonga kelganlarning yenglari zo‘ravonlik qo‘llangan holda kesib tashlangan. Biroq ta'lim bo‘limida ta'kidlanishicha, qizlar bunga o‘zlari rozi bo‘lishgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid