Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Diktatorning aql o‘rgatishi kerakmas». Fransiya Ramzon Qodirovning pozitsiyasi bo‘yicha bayonot berdi
Foto: interfax.ru
Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Iv Le Drian Checheniston rahbari Ramzon Qodirovning Parijda odamlarga pichoq bilan hujum qilgan chechenistonlik shaxs haqidagi so‘zlarini qabul qilib bo‘lmas, deb atadi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
Avvalroq, Qodirov hujum qilgan shaxs Chechenistonda tug‘ilgani va 14 yoshiga to‘lganida Rossiya pasportini olgani, biroq uning jinoyat ko‘chasiga qadam qo‘yishiga Fransiya hukumati aybdor ekani, sababi uning fikrlari aynan o‘sha davlatda buzilgani haqida ma'lum qilgandi.
«Biz diktator aql o‘rgatib o‘tirishini xohlamaymiz. U o‘zining davlatida huquqiy davlat tomonidan qo‘yilayotgan ilk qadamlarni ham hurmat qilmaydi. Bundan tashqari, u IShID safida jang qilayotgan minglab chechenistonliklar haqida juda yaxshi biladi. Bu pozitsiya qabul qilib bo‘lmas», - deya ma'lum qildi Le Drian.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qodirov Tramp va Merkelni qamab qo‘yish bilan tahdid qilgandi.
Mavzuga oid
10:50 / 12.03.2026
Fransiya Aleksey va Mariya Moskalyovlarga himoya taqdim etdi
23:30 / 11.03.2026
Makron G7 yetakchilari Rossiyadan sanksiyalarni olib tashlamaslikka kelishib olganini aytdi
20:42 / 11.03.2026
Toshkentda Fransiya viza markazi ochildi
23:04 / 09.03.2026