Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qodirov Tramp va Merkelni qamab qo‘yish bilan tahdid qildi
Checheniston rahbari Ramzon Qodirovning ma'lum qilishicha, respublika hukumati AQSh prezidenti Donald Tramp, GFR kansleri Angela Merkel va g‘arbdagi boshqa amaldorlarga qarshi javob sanksiyalarni joriy etdi. U bu haqda «Rossiya 24» telekanali efirida aytib o‘tgan, deb xabar qilmoqda RIA «Novosti».
«Biz ham Tramp, Merkel, boshqa barchaga allaqachon sanksiyalar joriy etdik. Agarda ular respublikaga kelsa, ularni darhol qo‘lga olamiz va qamoqqa tashlaymiz. Agarda ularning bu yerda hisoblari paydo bo‘lsa, darhol bloklab qo‘yamiz», - deya ta'kidlab o‘tdi Qodirov.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada AQSh sanksiyalari ijrosi uchun jinoiy javobgarlik joriy etilishi xabar qilingandi.