Jahon | 23:58 / 15.05.2018
5106
2 daqiqa o‘qiladi

G‘azoda mart oxiridan halok bo‘lganlar soni 100  dan oshib ketdi – BMT

Foto: AFP 2018 / Mahmud Hams

G‘azo sektoridagi to‘qnashuvlar oqibatida mart oyi oxiridan to shu kungacha halok bo‘lganlar soni 100 nafardan oshib ketdi. Bu haqda BMTning Yaqin Sharqdagi tinchlik jarayoni bo‘yicha maxsus koordinatori Nikolay Mladenov ma'lum qildi.

“To‘qnashuvlar boshlangan 30 mart kunidan hozirgi kungacha 100 dan ko‘proq odam, jumladan 13 bola o‘ldirilgan. Qurbonlardan yarmidan ko‘pi kechagi kunning o‘zida o‘ldirilgan”, deb ma'lum qilgan Mladenov BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida. 

Uning ta'kidlashicha, G‘azo sektori aholisi uchun 14 may kuni “fojia” bo‘ldi va “qotilliklarni hech qanaqasiga oqlab bo‘lmaydi”.  

“Isroilda qo‘llanayotgan kuchni mutanosib qo‘yish, o‘lim yoki jiddiy jarohatlar olish xavfi bo‘lmasa, jangovar o‘qlar qo‘llamaslik majburiyati bor. U chegaralarini himoya qilishi kerak, biroq buni mutanosib ravishda qilishi va odamlar halok bo‘lishi bilan bog‘liq barcha hodisalarni tergov qilishi lozim”, db aytgan Mladenov.

14 may kuni G‘azo sektorida AQSh elchixonasining Al-Qudsga ko‘chirilishiga norozilik sifatida yuz bergan to‘qnashuvlar oqibatida 90 dan ko‘proq falastinlik halok bo‘ldi. 

Mavzuga oid