Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AP: Tramp Shavkat Mirziyoyevni O‘zbekistonda inson huquqlari masalalarini hal qilishga chaqirdi
AP Photo/Evan Vucci
AQSh prezidenti Donald Tramp Oq uyda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashdi. Uchrashuvda iqtisodiy munosabatlarni mustahkamlash va Afg‘oniston masalasi bo‘yicha hamkorlik muhokama qilindi.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oq uyga ilk rasmiy tashrifini amalga oshirmoqda.
The Associated Press nashri O‘zbekistonda
AQSh harbiy bazasi bo‘lganini, ammo inson huquqlari buzilishi holatlari kuzatilganidan keyin harbiy hamkorlik to‘xtatilganini eslatib o‘tgan. Xabarda, O‘zbekiston hamon Afg‘onistonga yuk yetkazib berishdagi muhim nuqta ekani qayd etilgan.
Ma'lum qilinishicha, Oq uydagi uchrashuv chog‘ida Tramp O‘zbekistonda vaziyat ijobiy tomonga o‘zgarayotganini e'tirof etgan, shu bilan birgalikda mamlakat prezidentini inson huquqlari bilan bog‘liq muammolarni hal qilishga chaqirgan.
Mavzuga oid
09:53 / 14.05.2026
Tramp va Si Jinping Pekinda uchrashuv o‘tkazdi
09:07 / 13.05.2026
Donbass masalasi bo‘yicha Trampning bayonoti e’lon qilindi
12:39 / 26.08.2025
Samarqandda Iordaniya podshohini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi
22:39 / 25.08.2025