Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp: Xitoy hukumati Jimmi Layni ozod qilish niyatida emas
AQSh prezidenti Donald Tramp Pekinda Xitoy raisi Si Jinping bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakunlariga ko‘ra, hongkonglik mediamagnat Jimmi Lay qamoqdan ozod etilmasligini ma’lum qildi.
Foto: Alex Ogle/AFP
Trampning aytishicha, u muzokaralar chog‘ida Jimmi Lay taqdirini ham muhokama qilgan. “Men bu masalani haqiqatdan ham ko‘tardim. Ammo u uchun bu ancha murakkab holat”, — dedi Tramp jurnalistlarga prezident samolyotida Xitoydan qaytish vaqtida.
Shuningdek, u Fox News telekanaliga bergan intervyusida: “Men Jimmi Lay mavzusini ko‘tardim. Shuni aytishim mumkinki, bu masalaga bildirilgan munosabat unchalik ijobiy bo‘lmadi. Menda optimizm paydo bo‘lmadi”, — deya ta’kidladi.
78 yoshli hongkonglik mediamagnat Jimmi Lay 2019 yildagi prodemokratik namoyishlarni qo‘llab-quvvatlagani uchun hibsga olingan edi. U qariyb 2000 kun yakka hibsxonada saqlangan.
Unga qarshi sud jarayoni bir necha yil davom etib, 2026 yilda “isyonga da’vat qilish” va “xorijiy kuchlar bilan til biriktirish” ayblovlari bilan 20 yillik qamoq jazosi tayinlandi.
Sud hukmida Lay Xitoy Kommunistik partiyasiga nisbatan “quturgan nafrat”ga ega shaxs sifatida ta’riflangan. O‘zi esa aybini tan olmagan.
2026 yil aprel oyida Jimmi Lay Deutsche Welle’ning “So‘z erkinligi uchun” mukofoti bilan taqdirlangan. DW bosh direktori Barbara Massing ushbu mukofot orqali mediamagnatning “demokratik qadriyatlarga beqiyos sadoqati” e’tirof etilganini bildirgan.
Mavzuga oid
10:10
AQSh va Eron o‘rtasidagi “ko‘prik” - Asim Munir qay tarzda asosiy vositachiga aylandi?
09:30 / 15.05.2026
Bahor salqin va seryog‘in keldi. Nahotki urush sabab?
08:36 / 15.05.2026
Floridadagi aeroportga Donald Tramp nomi beriladi
08:29 / 15.05.2026