Jahon | 12:16 / 16.05.2018
6332
1 daqiqa o‘qiladi

Ekvador Assanjni qo‘riqlashga qancha pul sarflagani aytildi

Foto: Ben Stansall/AFP/Getty Images

Ekvador hukumati mamlakatning Londondagi elchixonasida yashirinib kelayotgan WikiLeaks asoschisi Julian Assanjning xavfsizligini ta'minlash uchun kamida 5 mln dollar sarfladi. Bu haqda The Guardian xabar bermoqda.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Ekvador hukumati Assanjning oldiga kelayotgan barchani tekshiruvdan o‘tkazuvchi agentlarni yollagan. Shuningdek, ular Assanjning barcha xatti-harakatini kuzatadi va uning atrofidagi vaziyatni tahlil qiladi.

Avvalroq, Ekvador tashqi ishlar vaziri Mariya Fernanda Espinosa Julian Assanj butun dunyodan uzilgan holda qolayotganini tasdiqlagandi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Ekvador hukumati Assanjga internetga kirishni taqiqlagani xabar berilgan edi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid