Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ekvador hukumati Assanjga internetga kirishni taqiqladi
Ekvador hukumati mamlakatning Londondagi elchixonasida xalaqit berish vositalarini o‘rnatdi. Bu ayni damda o‘sha yerda bo‘lib turgan WikiLeaks bosh muharriri Julian Assanj Kataloniya bilan bog‘liq vaziyat haqida xabarlar e'lon qila olmasligi maqsadida ro‘y berdi. Bu haqda RT WikiLeaks’ga yaqin bo‘lgan manbaga asosan xabar qilmoqda.
Tegishli choralar Ekvadorning El Comercio nashrida Assanjning nemis rasmiylari tomonidan Kataloniya jyeneraliteti sobiq prezidenti Karles Puchdemon hibsga olinishiga bo‘lgan reaksiyasi haqidagi maqola e'lon qilingach ko‘rildi.
Shu bilan birga, Ekvador tashqi ishlar vaziri maslahatchisi Patrisio Ernandes telefon muloqoti davomida Assanjning himoyachisi Baltasar Garsondan WikiLeaks rahbari Twitter’da Kataloniya haqida xabarlarni e'lon qilishni to‘xtatishini talab qilgan. Shuningdek, u jurnalistning Puchdemon hibsga olinishiga bergan izohi bo‘lgan tvitni o‘chirib yuborishga chaqirgan.
Mavzuga oid
21:31 / 10.11.2025
Ekvador qamoqxonasida o‘nlab osilgan mahbuslar topildi
11:42 / 08.11.2025
O‘zbekiston Ekvador bilan JSTga qo‘shilish bo‘yicha muzokaralarni yakunladi
09:19 / 08.10.2025
Ekvadorda namoyishchilar prezident kortejiga hujum qildi
11:26 / 27.06.2025