09:58 / 16.05.2018
22573

Fermerlik uchun berilgan yer maydoni 56 nafar fuqaroga bo‘lib-bo‘lib sotib yuborildi

Illyustrativ foto/ KUN.UZ

Samarqand viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan JKning 168-moddasi 3-qismi “b,v” bandlari bilan Xusenov Nasim Yazdonqulovich va boshqalarga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha olib borilgan tergov xarakatlari davomida Xusenov Nasim 2013 yil fevral oyidan buyon Tayloq tumani “Muborak” mahallasida joylashgan turmush o‘rtog‘i Karimova Yodgora Salimovna raislik qilayotgan “Shahzoda bog‘lari” fermer xo‘jaligida norasmiy ravishda ish boshqaruvchi tariqasida ishlab kelib fermer xo‘jaligiga tuman hokimining qarori bilan 43 yil muddatga ijaraga berilgan jami 18.20 gektar yer maydonini bir necha nafar fuqarolarga noqonuniy ravishda sotib yuborgan. 

Shunga ko‘ra, Xusenov Nasim va boshkalar 2013 yil mart oyidan 2017 yil dekabr oyiga qadar bo‘lgan davr oralig‘ida jami 56 nafar fuqarolarning  ishonchiga kirishib, ularning pul mablag‘larini qo‘lga kiritish maqsadida fermer xo‘jaligi yer maydoni  sotilmasligini bila turib ularni aldab, Tayloq tumani Muborak maxallasida joylashgan “Shaxzoda bog‘lari” fermer xo‘jaligiga tuman hokimligi tomonidan ijaraga ajratilgan yer maydonidan 6 sotixdan 30 sotixgacha bo‘lgan yer maydonlarini kelgusida tegishli hujjatlarni rasmiylashtirib berish sharti bilan 2000 000 so‘mdan 60 000 000 so‘mgacha noqonuniy ravishda sotishib, ularga tegishli bo‘lgan pul mablag‘larni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritishib, o‘zlarining ehtiyojlariga ishlatishgan.

Holat yuzasidan Xusenov Nasim Yazdonqulovichga JKning 168-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan ayblov e'lon qilinib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Top