16:25 / 16.05.2018
20836

“Xorazmdonmahsulotlari” AJning mansabdor shaxslariga nisbatan sud hukmi o‘qildi 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Xorazm viloyati birinchi bosqich sudi tomonidan sudya Sh.Razzaqovning raisligida 2018 yil 15 may kuni “Xorazmdonmahsulotlari” AJning 10 nafar mansabdor va moddiy javobgar shaxslariga nisbatan JKning 167-moddasi 3-qismi “a,v” bandlari va boshqa moddalari bilan ko‘rib chiqilgan jinoyat ishi bo‘yicha hukm e'lon qilindi.

Ish holatlariga ko‘ra, jamiyatning mansabdor va moddiy javobgar shaxslari D.Kutlimuratov, J.Sultanov, S.Abdullayev va F.Ibadullayevlar va boshqalar dastlabki tergov organi tomonidan 1300,0 mln so‘mdan ortiq bug‘doy mahsulotlarini talon-taroj qilganlikda ayblanib, sudga berilgan.

Foto: Xorazm viloyati IIB
Foto: Xorazm viloyati IIB

Xorazm viloyat sudi tomonidan mazkur jinoyat ish ko‘rib chiqilib, sudning 2018 yil 15 maydagi hukmi bilan jamiyatning sobiq raisi D.Kutlimuratov, jamiyatning sobiq ombor mudirlari J.Sultanov, S.Abdullayev va F.Ibadullayevlar jinoyat ishiga daxli bo‘lmaganligi sababli O‘zbekiston Respublikasi JPK 83-moddasining 3-bandiga asosan aybsiz deb topilib, oqlandi va sud zalida qamoqdan ozod etildi.

Foto: Xorazm viloyati IIB
Foto: Xorazm viloyati IIB

Shuningdek, jamiyatning mansabdor va moddiy javobgar shaxslariga nisbatan qonun doirasida jazo tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, jinoyat ishlari bo‘yicha Xorazm viloyat sudi tomonidan joriy yil boshidan jami 11 nafar shaxs oqlanib, sud zalidan qamoqdan ozod qilingan.

Mavzuga oid
Top