Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda 4 oyda qancha uran qazib olingani ma'lum bo‘ldi
Foto: Getty Images
Qozog‘istonda 4 oy davomida gaz qazib olish hajmi 18,7 milliard kub metrni tashkil qildi, 2017 yilning shu davriga nisbatan o‘sish 6,1 foizni tashkil etdi.
Mamlakat Energetika vazirligining matbuot xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, gaz eksporti hajmi 6,7 milliard m3ni tashkil qildi, bu 2017 yildagi ko‘rsatkichga nisbatan 24,1 foizga ko‘pdir.
Yil boshidan buyon 1,024 million tonna suyultirilgan gaz ishlab chiqarildi, bu 2017 yilning shu davriga nisbatan 3,5 foizga ko‘pdir.
Neft bitumini ishlab chiqarish 187 ming tonnani tashkil etdi (o‘sish 65%). Eksport 12 ming tonnaga teng bo‘ldi (Tojikiston, Qirg‘iziston).
Elektr energiyasi ishlab chiqarish 38 mlrd. KVt/soatni tashkil etdi (o‘sish 8%).
Idora ma'lumotlariga ko‘ra, ko‘mir qazib olish hajmi (ko‘mir konsentratidan tashqari) 36,8 mln tonnani tashkil etdi (o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3,2%ga ko‘p).
Ichki bozorga 26,8 mln tonna ko‘mir yetkazib berildi, eksport uchun - 8,6 mln tonna.
Uran qazib olish hajmi 7137 tonnani tashkil etdi, bu 2017 yilning shu davriga nisbatan 96,8%ni tashkil etadi. Ushbu ko‘rsatkichning pasayishi jahon uran bozoridagi salbiy narxlar bilan bog‘liq, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
09:45 / 03.02.2026
Uranni qayta ishlash quvvatlarini oshirish choralari belgilandi
21:14 / 02.02.2026
Angrenda zaxira hajmi 233 million tonna bo‘lgan yangi ko‘mir koni ishga tushiriladi
19:01 / 12.01.2026
AEXA O‘zbekistonni uran chiqindilaridan tozalash rejasini tasdiqladi
15:58 / 16.12.2025