10:24 / 17.05.2018
7230

AQSh bosh sanitar shifokori parvoz vaqtida bir insonning hayotini saqlab qoldi

AQSh bosh sanitar shifokori Jyerom Adams aviareys vaqtida yo‘lovchilardan biriga tez tibbiy yordam ko‘rsatdi. Bu haqda tibbiyot xodimi tvitterdagi o‘z sahifasida yozgan.

«Delta kompaniyasi samolyotida Jeksonga parvoz vaqtida xodimlar bortda shifokor bor yoki yo‘qligini so‘rashdi. Ular tez tibbiy yordam haqida iltimos qilishdi. Albatta, bor, dedim. Bemor o‘zini yaxshi his qilmoqda, men US PHS (AQSh Sog‘liq saqlash xizmati – tah.) zobiti sifatida yordam berishga doimo tayyorman!», - deya yozgan Adams.

The Hill gazetasining ta'kidlashicha, Adams mamlakat prezidenti Donald Tramp tomonidan AQSh bosh sanitar shifokori etib o‘tgan yili tayinlangan. Bundan avval u Indiana shtatining sog‘liqni saqlash komissari bo‘lgan.

Mavzuga oid
Top