Jahon | 23:58 / 17.05.2018
9884
2 daqiqa o‘qiladi

Floridadagi otishmada qo‘rqoqlik qilgan politsiyachining pensiyasi miqdori omon qolganlarni g‘azablantirdi

Foto: Fox News

14 fevralda otishma sodir etilgan, Floridaning Parklend shahridagi maktabda ishlagan sherif yordamchisi Skot Peterson oladigan pensiyasi miqdori otishmada omon qolganlar va halok bo‘lganlar yaqinlarini g‘azablantirdi. Bu haqda NBC News xabar berdi

Peterson bo‘lib o‘tgan voqeadan bir hafta o‘tib iste'foga ketgan. Unga umrining oxirigacha yillik 104424 ming dollarlik pensiya tayinlangan.

14 fevralda maktabning sobiq o‘quvchisi Nikolas Kruz maktabda otishma sodir etgan. Oqibatda 17 kishi, asosan o‘quvchilar halok bo‘lgan va 14 kishi yaralangan. Kruz qo‘lga olingan. 

Qurbonlar yaqinlarining bunday munosabatiga hujum vaqtida kuzatuv kameralaridan yozib olingan videoyozuv sabab bo‘lgan. Unda 32 yil politsiyada xizmat qilgan Peterson jinoyatchiga qarshi hech qanday chora ko‘rmaganini ko‘rish mumkin bo‘lgan. “U hujum ishi bo‘yicha unga hech qanday ayblovlar qo‘yilmagandan keyin apreldan pensiya olishni boshlagan”, deb ma'lum qilgan hukumat vakillari.

Mahalliy sherif videoyozuvni ko‘rib, Petersonni politsiyadan bo‘shatib yuborgan. 

Qurbonlar yaqinlarini jinoyatchini to‘xtatishga hech qanday chora ko‘rmagan politsiyachining pensiyasi soliq to‘lovchilarning pullaridan to‘lanayotgani g‘azablantirgan. Otishmada omon qolgan 15 yoshli bolaning vakili esa “bolalarning o‘lishiga yo‘l qo‘ygan erkak go‘yoki hech narsa bo‘lmagandek pullar olayotganini” tanqid qilgan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid