Xalq ta'limi vaziri ta'limdagi yangi reja haqida fikr bildirdi
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vaziri Ulug‘bek Inoyatov mamlakatdagi ta'lim sektorining yangi rejasi - ta'lim sifatini oshirishga qaratilishi haqida gapirmoqda. Shu o‘rinda YUNISEF mehnatga yaroqli yoshda bo‘lgan ko‘p sonli yashovchilar bugun tegishli sifatli ta'lim olganlaridagina mamlakatni rivojlantirishga xizmat qila olishini ham ta'kidlamoqda.
17 may kuni Toshkent shahrida BMT Bolalar jamg‘armasining (YUNISEF) O‘zbekistondagi vakolatxonasi O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vaziri Ulug‘bek Inoyatovning raisligida ta'lim masalalari bo‘yicha Mahalliy ishchi guruhining kengashini chaqirdi. Ta'lim sektori vazirliklari va muassasalari vakillari hamda xalqaro rivojlanish bo‘yicha sheriklardan iborat bo‘lgan ta'lim masalalari bo‘yicha Mahalliy guruh (TMG) tomonidan ta'lim sektorini rivojlantirish bo‘yicha o‘rta muddatli Rejasini ishlab chiqish yuzasidan tegishli masalalar va keyingi qadamlar muhokama qilindi. Bu haqda YUNISEF rasmiy vakili Kun.uz'ga ma'lum qildi.
Xabarda aytilishicha, 2017-2021 yillarda rivojlanish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi ta'lim sektoridagi islohotlarni amalga oshirish uchun muhim rag‘batlantiruvchi omil bo‘ldi, va hukumat tomonidan maktabgacha ta'lim borasidagi siyosatni kuchaytirish, uning sifati va unga bo‘lgan talabni oshirishga qaratilgan choralar ko‘rildi.
«Ta'lim sektorining yangi rejasi - ta'lim sifatini oshirishga qaratilgan bo‘ladi», deb ta'kidladi Xalq ta'limi vaziri Ulug‘bek Inoyatov. «Ayniqsa, o‘qituvchi kadrlarni rivojlantirish va sifatli o‘quv materiallarini tayyorlashga alohida e'tibor qaratiladi».
Ta'lim olish imkoniga ega bo‘lish va adolat tamoyilini ta'minlash masalalarini hal qilishdan tashqari, ta'lim inklyuzivligi va sifati masalalari ham diqqat markazda bo‘lmoqda. YUNISEFning O‘zbekistondagi Vakolatxonasi rahbari Sasha Graumanning ta'kidlashicha «O‘zbekistonning demografik xususiyatlari bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot mamlakatda 12-15 yildan keyin mehnatga yaroqli yoshda bo‘lgan aholining soni maksimal darajaga yetishini ko‘rsatmoqda».
«Mehnatga yaroqli yoshda bo‘lgan ko‘p sonli yashovchilar bugun tegishli sifatli ta'lim olganlaridagina mamlakatni rivojlantirishga xizmat qila olishadi. Ta'limni yaxshilashga bo‘lgan talab – bu nafaqat keyingi ta'lim sektori Rejasiga kiritilishi lozim bo‘lgan muhim aspekt, balki uni yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risidagi Qonunni ijro etish uchun qabul qilinadigan qonunosti hujjatlarni ishlab chiqishda ham inobatga olish muhim ahamiyat kasb etadi», deydi u.
Shuningdek kengash qatnashchilari ta'lim sektorining yangi Rejasi ta'lim sektorining birinchi Rejasida (2013-2017) belgilangan negizda barpo etilishi lozim, degan fikrga qo‘shilishdi.
Bundan avvalroq, Google va Facebook kompaniyalari O‘zbekistonda ish boshlash uchun alohida shartlarni e'lon qilgani ma'lum bo‘lgandi. Unga ko‘ra, kompaniya O‘zbekistonda ko‘plab kadrlar yetishmasligi, ayniqsa IT mutaxassislariga to‘xtalib o‘tgan. Bir vaqtning o‘zida qo‘shni Qozog‘iston Respublikasida Prezident Nazarboyev yangi qurilgan maktabga tashrif buyurib shunday fikrlar bildirdi.
«Maktablar va universitetlar ilm-fan bilan shug‘ullanishga yo‘naltirilgan. Zamonaviy sharoitda inson butun hayoti davomida o‘rganib borishi kerak. 5-6 yildan so‘ng hozirgi ko‘plab kasblar yo‘q bo‘lib ketadi, buning o‘rniga yangilari paydo bo‘ladi. Barcha umidimiz yoshlardan, ular tez rivojlanayotgan dunyodan qanday qilib ortda qolmasligimiz kerakligi haqida doimiy ravishda o‘ylashi kerak».
Afsuski, O‘zbekistonda ayni sohada ko‘plab masalalar ijobiy hal etilmay qolmoqda, xususan ta'lim sifatini yaratib beruvchi pedagoglar ko‘p yillardan beri ko‘cha tozalash, obodonlashtirish va majburiy mehnatga jalb qilib kelingan. Toshkent viloyati Bekobod tumanidagi 5-maktab o‘qituvchisi esa o‘quvchilarini kamsitib kelayotgani aniqlandi. Bundan avvalroq, Jizzax shahridagi №39 “Navro‘z” maktabgacha ta'lim muassasasida oliy ma'lumotli pedagog tarbiyalanuvchilarni kaltaklayotgani haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
19:22 / 28.08.2024
“Poytaxtda 85 foiz obektlar nogironligi bo‘lgan shaxslarning kirib-chiqishi uchun qulay emas” – Ulug‘bek Inoyatov
11:19 / 09.07.2023
O‘zbekiston prezidentligiga nomzodlarning 3 nafari saylovda ovoz berdi
09:37 / 22.06.2023
Ulug‘bek Inoyatov: “Eng kam iste’mol xarajatlari belgilanishi qonun bilan kafolatlanishi kerak”
22:30 / 20.06.2023