21 iyun kuni Xalq demokratik partiyasidan prezidentlikka nomzod Uluğbek Inoyatovning namanganlik saylovçilar bilan saylovoldi uçraşuvi bölib ötdi.
Uçraşuvda Uluğbek Inoyatov saylovoldi dasturidagi “Eng kam iste’mol xarajatlarini belgilaş tartibi töğrisida”gi qonunni qabul qiliş taklifi haqida ma’lumot berdi.
Bu eng kam iste’mol xarajatlari har bir insonning birlamçi hayotiy ehtiyojlariga yetadigan bölişida, ehtiyojmand aholi qatlamining huquq va manfaatlarini kafolatlaşda muhim ijtimoiy ahamiyat kasb etadi.
Dasturda, şuningdek, undiriladigan barça tölovlarni (jarima, davlat boji, yiğim, boşqa majburiy undiruvlar) Davlat budjetiga yönaltiriş tartibini joriy etiş taklif qilinmoqda. Mazkur taşabbus budjet daromadlari oşişiga, parlament nazorati kuçayişiga, ijtimoiy himoya masalalari yanada samarali hal etilişiga asos böladi.












