“Poytaxtda 85 foiz obektlar nogironligi bo‘lgan shaxslarning kirib-chiqishi uchun qulay emas” – Ulug‘bek Inoyatov
27 oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlarining navbatdagi saylovlariga tayyorgarlik jarayoni o‘zining muhim pallasiga kirib bormoqda.

Foto: Xalq Demokratik partiyasi
Ushbu jarayonlarda Xalq Demokratik partiyasi raisi Ulug‘bek Inoyatov mamlakatimizdagi alohida ehtiyojga muhtoj qatlam bilan ishlashdagi muammolarga to‘xtalib o‘tdi.
Unga ko‘ra qaysidir davlat idorasiga e’tirozlar bo‘lishi ham tabiiy jarayon. Misol uchun, hukumatning nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquq va manfaatlarini ta’minlash masalasida olib borayotgan ishlarida kamchiliklar kuzatilayotganligi partiya rahbari tomonidan tanqid qilindi.
Uning ta’kidlashicha bu yo‘nalishda har bir vazirlik-idoraning oldiga aniq missiya, vazifalar qo‘yilgan. Ularning to‘g‘ri va faol ishlashi fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish nuqtai nazaridan juda muhim.
Shu bilan birga 2020 yilda qabul qilingan “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi Qonun talablari bajarilishi qiyin bo‘lmoqda. Ijtimoiy infratuzilma obektlari, yo‘llar nogironligi bo‘lgan shaxslar foydalanishi uchun moslashmagan.
“Uzoqqa bormaylik: poytaxt misolida oladigan bo‘lsak, 85 foiz obektlar nogironligi bo‘lgan shaxslarning kirib-chiqishi uchun qulay emas.”
Shuningdek, qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi ham zimmasidagi vazifani yaxshi bajara olmayapti. Tartibsiz qurilishlar, uy-joy qurilishining sifati va narxi bo‘yicha muammolar ko‘rinib turibdi. Qurilishga jalb qilingan aholi mablag‘lari firibgarlardan muhofaza qilinmaganligi natijasida, qanchadan-qancha yurtdoshlarimiz uy uchun yiqqan mablag‘idan ajralib qoldi. Toshkent shahrida, Farg‘ona viloyatida va boshqa hududlarda ham bunday holatlar kuzatildi. Vazirlik vaziyatni tahlil qilib, yuzaga kelayotgan muammoli holatlar bo‘yicha yechim taklif qilganida vaziyat boshqacha bo‘lishi mumkin edi.
Tavsiya etamiz
Importga cheklovlar: mas’ul va faollar o‘rtasida qizg‘in tortishuv
O‘zbekiston | 22:40 / 08.04.2025
YeChLda chorakfinal. «Real» va «Arsenal» o‘yinida kim favorit?
Sport | 19:34 / 08.04.2025
Toshkentdagi qahvaxonada til bilan bog‘liq holat muhokamalarni keltirib chiqardi
O‘zbekiston | 23:03 / 07.04.2025
Xitoylik tadqiqotchilar Osiyoda yangi zilzilalar kuzatilishidan ogohlantirdi
Jahon | 21:46 / 06.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp aksariyat mamlakatlar uchun bojlar joriy etishni to‘xtatdi
Jahon | 09:24
-
Baxtiyor Saidov AQShda davlat kotibi va prezident maslahatchisi bilan uchrashdi
O‘zbekiston | 09:01
-
O‘zbekistonda “yagona turistik karta” joriy qilinadi
O‘zbekiston | 08:44
-
Zelenskiy: Ukraina AQShdan 50 mlrd dollarlik qurol sotib olmoqchi
Jahon | 08:31
Mavzuga oid

12:00 / 25.10.2024
Saylov yaqin, partiyalar nimalarni va’da qiladi? – Kun debati

12:00 / 24.10.2024
XDP: “Aholi xavfsizligi va manfaati uchun davlat ishtiroki kerak”

17:16 / 22.10.2024
“Obod yurt”da XDP saylovoldi targ‘iboti olib borilmoqda

12:00 / 22.10.2024