Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Po‘lat Bobojonov va Jahongir Ortiqxo‘jayev Olmazor hamda Shayxontohur tumani aholisi bilan uchrashdi
16 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri general-mayor P.Bobojonov va Toshkent shahar hokimi J.Ortiqxo‘jayev xalq bilan muloqot qilish maqsadida Olmazor tumanidagi “Xonchorbog‘” mahallasiga tashrif buyurdilar. Bu haqda IIV rasmiy saytida xabar berildi.
Tashrif davomida “Xonchorbog‘” mahalla fuqarolar yig‘ini bilan bir binoda joylashgan ichki ishlar organi boshlig‘i rahbarligidagi tuman hududini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha 3-sektor Ishchi guruhi shtabining faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Shundan so‘ng, vazir va shahar hokimi 36-umumiy o‘rta ta'lim maktabi binosida tumanning turli mahallalarida yashovchi aholi bilan ochiq tarzda muloqot o‘tkazdilar.
Shu kuni Ichki ishlar vaziri va shahar hokimi aholida mavjud muammolarni o‘rganish va ularni hal etish choralarini ko‘rish maqsadida, Shayxontohur tumanida ham fuqarolar bilan “Shodlik” mahalla fuqarolar yig‘inida uchrashdilar.
Uchrashuvlarda Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari – Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i general-mayor R.Jo‘rayev, shahar prokurori adliya katta maslahatchisi Sh.Obloqulov, sektorlar rahbarlari bo‘lgan tegishli tuman hokimi, prokurori, Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi va Davlat soliq inspeksiyasi boshliqlari, boshqa mutasaddi idoralar vakillari hamda aholi vakillari ishtirok etdilar.
General-mayor P.Bobojonov o‘z ma'ruzasida ichki ishlar organlari faoliyatini tubdan isloh qilish bo‘yicha o‘tgan davrda amalga oshirilgan chora-tadbirlar, ularning ahamiyati va amalda ijobiy natijasi, shu bilan birga tizimda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta'minlash samaradorligini oshirish borasida rejalashtirilgan islohotlar haqida to‘xtalib, bularning barchasidan maqsad tizimni xalq manfaatlariga xizmat qiluvchi organga aylantirish ekanligini ta'kidladi.
Muloqotlar jarayonida uchrashuvlarda ishtirok etgan har bir fuqaroning murojaatiga e'tibor bilan yondashildi. Shahar hokimi J.Ortiqxo‘jayev tomonidan aholining shaxsiy masalalari bilan birga, mahallalarda mavjud muammolar, jumladan ko‘chalarni obodonlashtirish, bino va ichki yo‘llarni ta'mirlash, elektr tarmog‘i va oqava suvi tizimlarini yaxshilash, bolalar o‘yingohlarini tashkil etish kabi masala va takliflar diqqat bilan tinglanib, ularning bir qismi joyida hal etildi. Qolgan masalalarni qo‘shimcha o‘rganish va qonuniy hal etish maqsadida, hokimiyat va mutasaddi idoralar vakillari tarkibida komissiyalar tuzilib, aniq topshiriqlar berildi hamda ijrosi nazoratga olindi.
Bundan tashqari, muloqotlar davomida ichki ishlar organlari faoliyati bilan bog‘liq, xususan, pasport va yo‘l harakati xavfsizligi tizimiga doir masalalar bo‘yicha ham murojaatlar kelib tushdi. Ular shu joyning o‘zida ko‘rib chiqilib, hal etilishi ta'minlandi.
Shuningdek, Ichki ishlar vaziri va shahar hokimi Olmazor va Shayxontohur tumanlariga tashriflari davomida ichki ishlar bo‘limlari faoliyati hamda ular joylashgan binolarda shaxsiy tarkib uchun yaratilgan sharoit bilan tanishdilar, bo‘limlarning ish samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berdilar.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jahongir Ortiqxo‘jayev Toshkent shahri xalqiga astoydil xizmat qilishga va'da bergandi.
Mavzuga oid
16:40 / 12.11.2025
Sobiq “Toshturma” hududi tadbirkorga berib yuborilgani ma’lum bo‘ldi. U yer xiyobon bo‘lishi kerak edi
17:08 / 25.10.2025
Ichki ishlar vazirligini kimlar boshqargan?
21:13 / 30.07.2025
Prezident administratsiyasida tayinlovlar amalga oshirildi
22:03 / 13.06.2025