18:57 / 17.05.2018
12746

O‘zbekistonda 6ta EIZ direksiyalari direktorlari tayinlandi

Vazirlar Mahkamasining yangi farmoyishi bilan belgilanishicha, erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari ma'muriy kengashlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi tomonidan “Nukus-farm” EIZ, “Zomin-farm” EIZ, “Kosonsoy-farm” EIZ, “Sirdaryo” EIZ, “Boysun-farm” EIZ va “Parkent-farm” EIZ direksiyalari direktorlari tayinlangan.

Toshkent viloyatining erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari ma'muriy kengashi (Ibragimov) bir oylik muddatda “Bo‘stonliq-farm” EIZ direksiyasi direktori lavozimiga nomzodlar bo‘yicha takliflar kiritadi. 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Namangan, Sirdaryo, Surxondaryo va Toshkent viloyati erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari ma'muriy kengashlari bir oylik muddatda “Nukus-farm” EIZ, “Zomin-farm” EIZ, “Kosonsoy-farm” EIZ, “Sirdaryo” EIZ, “Boysun-farm” EIZ, “Bo‘stonliq-farm” EIZ va “Parkent-farm” EIZ direksiyalari yuqori malakali kadrlar bilan shakllantirilishini ta'minlaydi. Shuningdek, direksiyalarni ofis mebeli va kompyuter texnikasi, aloqa vositalari va boshqa moddiy-texnik resurslar bilan mahalliy byudjyet mablag‘lari hisobidan jihozlaydi. 

Shuningdek, Moliya vazirligi Vazirlar Mahkamasi zaxira fondidan “Nukus-farm” EIZ, “Zomin-farm” EIZ, “Kosonsoy-farm” EIZ, “Sirdaryo” EIZ, “Boysun-farm” EIZ, “Bo‘stonliq-farm” EIZ va “Parkent-farm” EIZ direksiyalari ustav fondlarining 300 mln so‘mdan shakllanishi uchun mablag‘lar ajratadi.

Mavzuga oid
Top