Jamiyat | 16:37 / 18.05.2018
10334
1 daqiqa o‘qiladi

Bo‘stonliqda o‘quvchi o‘gay otasini pichoqladi

Illyustrativ foto/Uralskiy meridian

17 may kuni Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida jinoyat sodir bo‘ldi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Qayd etilishicha, tumandagi 17-sonli o‘rta maktabning yuqori sinf o‘quvchisi B.B. uyida o‘zaro janjal oqibatida birga yashovchi o‘gay otasi O‘.X.ning qorniga pichoq bilan urib jarohat yetkazgan. 

Natijada O‘.X. kasalxonaga yotqizilgan. B.B. ushlangan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid