Jahon | 09:24 / 18.05.2018
3263
2 daqiqa o‘qiladi

Pentagon rahbari Yaponiyaga borib, KXDR bo‘yicha muzokaralar o‘tkazadi

Foto: AFP/ John Thys

Pentagon rahbari Jyeyms Mettis Yaponiyaga tashrif buyurib, mamlakat mudofaa vaziri Itsunori Onodera bilan muzokaralar o‘tkazishni rejalashtirmoqda. Uchrashuv iyunda bo‘lib o‘tishi kerak, deb xabar qilmoqda Kyodo agentligi manbalarga asosan.

Agentlik manbalarining xabar qilishicha, Mettis Yaponiyaga AQSh va KXDR o‘rtasida 12 iyun kuni Singapurda bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan sammitdan so‘ng tashrif buyurishni mo‘ljallamoqda. Ta'kidlanishicha, harbiy mahkama rahbarlari Shimoliy Koreyaga bosim o‘tkazish bo‘yicha keyingi harakatlarni muhokama qiladi. Mamlakatlar Shimoliy Koreya tomoni Koreya yarim orolining butunlay yadrosizlanishini amalga oshirmagunga qadar shunday strategiyaga amal qiladi.

Manbalar ma'lumotiga ko‘ra, sammitdan so‘ng Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Tramp ham Yaponiyaga borishi mumkin. Shuningdek, qayd etilishicha, Mettisning tashrifi yapon hukumati iltimosi bilan amalga oshiriladi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xitoy AQShga Koreya yarim oroli bo‘yicha chaqiriq bilan chiqqandi.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid