Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BAAda sarmoyachilar va malakali mutaxassislar uchun 10 yillik vizalar joriy qilinadi
BAA sarmoyachilar va malakali mutaxassislar, jumladan shifokorlar, muhandislar hamda iste'dodli talabalar uchun yangi 10 yillik rezidentlik vizalarini joriy qilmoqchi. Avval rezidentlik vizasi muddati 3 yilni tashkil qilgan.
Sarmoyalar va malakali mutaxassislarni jalb qilish bo‘yicha yangi choralar haqida BAA bosh vaziri, Dubay hokimi shayx Muhammad bin Rashid Al Maqtum tvitterda ma'lum qildi. U BAAga sarmoyalar va iste'dodlarni jalb qilishga ko‘mak beruvchi omillar orasida “ochiq-oydinlik va sabr-toqatlik muhiti, infratuzilma va qulay qonunchilikni” ta'kidlab o‘tdi. Shuningdek, xorijiy sarmoyachilarga BAAdagi kompaniyalarda 100 foiz ulushga ega bo‘lishga ruxsat berildi. Avval buning faqat maxsus iqtisodiy hududlarda iloji bo‘lgan. BAA bosh vaziri yangi qoidalar joriy yil oxirigacha kuchga kirishini qo‘shimcha qilgan.
Mavzuga oid
18:00 / 19.06.2026
BAA 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarning ijtimoiy tarmoqlarga kirishini taqiqladi
14:10 / 17.06.2026
O‘zbekiston va BAA strategik sheriklik doirasida yangi loyihalarni amalga oshiradi
09:45 / 13.06.2026
Eronning milliardlab dollarlik mablag‘lari atrofida bahs kuchaydi
14:06 / 25.05.2026