Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kubadagi aviahalokat qurbonlari soni 110 nafarga yetdi
Gavana aeroportida sodir bo‘lgan aviahalokat oqibatida halok bo‘lganlar soni 110 nafarga yetdi, 3 kishi jarohat olgan. Bu haqda The Gazette nashri ma'lum qildi.
Nashrning ta'kidlashicha, jarohat olganlarning ahvoli og‘ir. Aviahalokatda 5 bola hayotdan ko‘z yumgan.
Shuningdek, halok bo‘lganlar orasida 20 ruhoniy bor. Ularning barchasi mamlakatning sharqiy qismidan bo‘lgan. Ma'lum qilinishicha, ruhoniylar Gavanadagi uchrashuvda bir necha kun bo‘lib, uyga qaytayotgan bo‘lganlar.
Hammasi bo‘lib samolyotda ekipaj bilan birga 113 kishi bo‘lgan. Avvalroq samolyot qora qutilaridan biri aniqlangani ma'lum qilingandi.
Gavanadan Olginga uchayotgan Boeing-737 Xose Marti aeroportidan havoga ko‘tarilgandan bir necha daqiqa o‘tib halokatga uchragan. Samolyot 1979 yilda ishlab chiqarilgan bo‘lib, eskiligiga qaramay ishlash uchun barcha ruxsatlarga ega bo‘lgan.
Kuba hukumatining ma'lum qilishicha, voqea sabablarini aniqlash uchun sinchkov tergov o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
09:10 / 24.06.2026
AQSh Kubaga nisbatan sanksion bosimni kuchaytirmoqda
20:15 / 19.06.2026
Kuba parlamenti 65 yil ichidagi eng yirik iqtisodiy xususiylashtirishni ma’qulladi
21:35 / 15.06.2026
Rossiyada Tu-22M3 bombardimonchisi halokatga uchradi
23:05 / 14.06.2026