Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukrainada 37 nafar maktab o‘quvchisi gazdan zaharlanib shifoxonaga tushdi
Nikolayev (Ukraina)da 37 nafar bola zaharlanish belgilari bilan shifoxonaga yotqizildi, ularning ikki nafari intensiv terapiya bo‘limiga joylashtirildi. TASS axborot agentligi Nikolayev viloyati ma'muriyati bergan ma'lumotga asoslanib, shu haqida xabar berdi.
"6-sonli maktabda noma'lum modda ta'sirida zaharlanish natijasida 37 nafar bola shifoxonalarga joylashtirildi, ulardan 2 nafari jonlantirish bo‘limida bo‘lib, ahvoli o‘rtacha og‘irlikda", - dedi agentlik manbasi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bolalarda yo‘tal, tomoq qurishi, ko‘z yoshlanishi, ko‘ngil aynishi, bosh aylanishi kuzatilgan. Ma'muriyat rahbari o‘rinbosari Yevgeniy Shevchenkoning ma'lum qilishicha, ayni damda bolalar hayotiga jiddiy xavf yo‘q.
Ukraina favqulodda vaziyatlar davlat xizmatiga ko‘ra, "o‘tkir hidli noma'lum aerozol sepilgandan keyin 400 nafarga yaqin o‘quvchi evakuatsiya qilingan". O‘quv muassasasi hududida kimyoviy-radiologik laboratoriya mutaxassislari ish olib borishmoqda.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, noma'lum gaz maktabning ikkinchi qavatida sepilgan. "Modda "Cheremuxa" ballonidagi ko‘zdan yosh sizdiruvchi gazga o‘xshamoqda. Shunday bo‘lsa-da, biz mutaxassislar xulosasini kutyapmiz", - deyishdi kantselyariyada.
Mavzuga oid
20:57 / 02.07.2026
Zalujniy Zelenskiyga saylovda qatnashmoqchiligini aytdi
16:47 / 02.07.2026
Rossiya Kiyevga vayronkor zarbalar yo‘lladi – suratlar
11:21 / 02.07.2026
CSIS: Rossiya har oy 30 mingdan ortiq harbiydan ayrilmoqda
20:18 / 01.07.2026