Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buxoroda "Ipak va ziravorlar - 2018" festivali bo‘lib o‘tadi
25 maydan 27 mayga qadar Buxoro shahrida XVII xalqaro "Ipak va ziravorlar - 2018" festivali bo‘lib o‘tadi. Bu haqida uzbekistan.travel saytida xabar berildi.
"Ipak va ziravorlar - 2018" festivali Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Buxoro viloyati hokimligi, "Hunarmand" uyushmasining viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkaziladi. Mazkur festival o‘zbek xalqi madaniy merosini asrash yo‘lida xizmat qiladi.
Festivalning asosiy maqsadi — milliy hunarmandchilik, xalq xo‘jaligi yutuqlarini xalqaro miqyosda rivojlantirish, madaniy aloqalarni kengaytirish va Buxoro shahrini jahon turizmi markazlaridan biriga aylantirish.
XVII xalqaro "Ipak va ziravorlar - 2018" festivali dasturidan milliy ansambllar chiqishlari, mamlakatning barcha burchaklaridan tashrif buyurgan ipak mahsulotlari va ziravorlar ishlab chiqaruvchilarining xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Shu bilan birga, bu yerda hunarmand ustalar ishlari namoyish etiladi.
Bundan tashqari, turli mahorat darslari, milliy o‘yinlar va ko‘ngilochar mashg‘ulotlar, tasviriy va amaliy san'at galereyasi ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi. Festival doirasida shuningdek O‘zbekiston tarixiga bag‘ishlangan filmlar ham namoyish qilinadi.
Mavzuga oid
18:30 / 07.07.2026
Buxoroda hindistonlik talaba yurtdoshini o‘ldirdi
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
17:59 / 24.06.2026
638 mln so‘m - O‘zbekistondan o‘tuvchi hashamatli poyezdga chipta savdosi ochildi
12:02 / 18.06.2026